Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Jasur Jaloliddinov: «Oldida ulkan marralari bor jamoa hech qanday raqibdan qo‘rqmasligi kerak»

Jasur Jaloliddinov: «Oldida ulkan marralari bor jamoa hech qanday raqibdan qo‘rqmasligi kerak»

Baho:
+ | -

Kecha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi «E» guruhidan o‘rin olib, Eron, Gonkong va Afg‘oniston termalariga qarshi bahs olib borishi haqida xabar bergan edik. Quyida terma jamoamiz va «Olimpik» klubi sardori Jasur Jaloliddinov bilan qur’a yakuni bo‘yicha kichik suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz:

– Jamoa sardori sifatida qur’a haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Biz joy olgan «E» kvarteti yaxshi guruh bo‘ldi deb o‘ylayman. O‘zbekiston va Eron jamoalarining ushbu guruhdan o‘rin olgani uchun bahslar qiziqarli kechishini taxmin qilyapman. Fikrimcha, birinchi o‘rin uchun kurash aynan ushbu jamoalar o‘rtasida kechadi. O‘tgan yili yurtimizda o‘tgan Osiyo kubogida Eronni guruhda qoldirib ketganimiz uchun ular bu musobaqaga ancha jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishi aniq. Shu bois ikkala jamoa o‘rtasidagi bahs qiziqarli kechishiga shubha yo‘q.

– Ushbu bosqichning Osiyo o‘yinlaridan oldin o‘tishi qanday ahamiyat kasb etadi?
– Bellashuvlar yakunlanganidan so‘ng Osiyo o‘yinlariga yo‘l olamiz. Shu bois undagi har uch bahs muhim musobaqa oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Nasib qilsa, uchala o‘yinda ham g‘alaba qozonib, Qatarda o‘tadigan final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketamiz.

– Qur’ada ikkinchi savatdagi eng kuchli jamoa tushganida o‘zingiz va qolgan yigitlarning reaksiyasi qanday bo‘ldi?
– Eron bilan bir guruhdan o‘rin olganimiz ajablanarli bo‘lmadi. Buni xotirjam qabul qildik. Chunki biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Oldimizga katta maqsadlarni qo‘yganmiz. Oldida ulkan marralari bor jamoa hech qanday raqibdan qo‘rqmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining birinchi saralash bosqichi 4-12 sentyabr kunlari o‘tkazilib, «E» guruhi bahslariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:42, 26.05.2023.
O'qildi: 3209 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.