Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Aleksandr Xomyakov: "O‘yindan olingan zavq-shavq va taassurot umrbod esdan chiqmasa kerak"

Aleksandr Xomyakov: "O‘yindan olingan zavq-shavq va taassurot umrbod esdan chiqmasa kerak"

Baho:
+ | -

Andijon” – “Turon” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Shak-shubhasiz bugungi o‘yinda xarakter ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Avvaliga ishlarimiz unchalik o‘xshamadi. Ustiga-ustak penaltidan darrov gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyin yigitlar biroz shoshib qolishdi va o‘z navbatida bu shoshma-shosharlik boshlangan hujumlar hamda sa’y-harakatlarni samarali nihoyasiga yetishiga yo‘l qo‘ymadi. Ammo, baribir yigitlarga qoyil qolish kerak. Ular xarakterlarini namoyish etishdi. Bugun futbolchilarimiz matonat ko‘rsatishdi, desam sira mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ular chindan ham maydonda matonat bilan to‘p surdilar. O‘yindan oldin har doim yigitlarga biz muxlislar uchun to‘p tepishimizni aytaman. Bugun ham shunday gaplarni ularga yetkazdim. O‘z o‘rnida buni shogirdlarim to‘la his qilgan holda yakunda ishqibozlarimizga chiroyli va irodali g‘alabani taqdim etdilar. Ta’kidlashim joizki, uchrashuvdan keyin aytilgan gaplar va his-hayajonlar bosiladi. Lekin o‘yindan olingan zavq-shavq va taassurot umrbod esdan chiqmasa kerak. Ayniqsa, bugungi og‘ir uchrashuvda mana shunday g‘alabani qo‘lga kiritganimiz yigitlarimizning sabotli ekanligidan dalolat beradi. Shundan keyin ham mana shunday ruhda davom etib, oldinga harakat qilamiz.

— Ushbu mavsumdagi “Andijon”ning eng qiyin g‘alabasi bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?
— Albatta, buni qiyin g‘alaba deb hisoblayman. Nafaqat bugungi, balki oldingi uchrashuvlarda ham natijalar o‘zimiz o‘ylagan darajada osonlik bilan qo‘lga kiritilgani yo‘q. Aksincha, katta mashaqqatlar evaziga qimmatli ochkolarni jamg‘arib kelmoqdamiz. Raqibning maydonda kamchilik bo‘lib qolgani bizga biroz ustunlik bergan bo‘lishi mumkin. Ammo butun jamoa bo‘lib himoyalanayotgan raqibning darvozasiga yo‘l topish oson ish emas. Bunday paytlarda yigitlarga mahorat, sovuqqonlik va chidamlilik xususiyatlari sal yetishmay qolyapti. Ular yuqorida aytganimdek, shoshib qolayotganlari uchun ham voqealar rivoji darhol o‘zimiz kutgan darajada tus olayotgani yo‘q. Raqib kamchilik bo‘lib qolsa ham bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatdi.

— Superligada bu ikki jamoa uchinchi bor to‘qnashishdi va “Andijon” ilk bor elitada “Turon” ustidan g‘alaba qozondi. Raqib siz uchun noqulaymi yoki...
— Statistikaga unchalik e’tibor bermayman. Mana, bugun sizning gaplaringizdan so‘ng “Turon”ga qarshi uchinchi o‘yindan keyingi ilk g‘alabani qo‘lga kiritganimizni bilib turibman. Men o‘yindan-o‘yinga ildamlik bilan siljib borishni ma’qul ko‘raman. Statistikani unchalik kuzatib bormayman. Aytmog‘im kerakki, nafaqat bugungi, balki barcha o‘yinlar biz uchun og‘ir kechyapti. G‘alabaga osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Bu futbolning qonunlaridan biridir. Murabbiy sifatida shogirdlarimning o‘yinga tayyorlar ekanman, bu hayotingizdagi oxirgi uchrashuv bo‘lib qoladi, deya ta’kidlashni ma’qul ko‘raman.

— Ijtimoiy tarmoqlarda klubning moliyaviy holati tarangligi va hujumchi Rubin Xebayning OKMKga ketishi mumkinligi haqida yozishyapti...
— Bu savollarni mendan ko‘ra rahbariyatga berganingiz ma’qulroq. Chunki javob berishim qiyin. Klubning moliyaviy ahvoli qandayligini mendan ko‘ra mutasaddilar yaxshi bilishadi. Rubin Xebayga kelsak, hozircha u bizning jamoamizda va o‘z ishini yaxshi bajargan holda gollar uryapti. Xebay “Andijon” o‘yinchisi va bizga kerak. Jamoamiz reja asosida ishini davom ettiryapti. Bu savolingizga shu tariqa javob bera olishim mumkin xolos.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:10, 28.05.2023.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.