Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Paxtakor" - "Surxon"

Prevyu. "Paxtakor" - "Surxon"

Baho:
+ | -

Superliga 12-turida "Paxtakor" 29 may kuni Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 32 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 24tasida "Paxtakor", 5tasida "Surxon" zafar quchgan. Uch marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 104 marta ishg‘ol qilgan "Sherlar" 29 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Toshkentdagi 16 to‘qnashuvning 14tasida "Paxtakor", bittasida "Surxon" g‘alaba qozongan. Bir o‘yinda durang qayd etilgan. "Sherlar" Toshkentda 14 g‘alabadan 11tasida yirik hisobda zafar quchganlar. O‘z maydonimizda gol urish borasida ko‘rsatkichlar 68:11ni tashkil qiladi.

O‘zaro bahslardagi eng yirik natija 2004 yilda kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" termizliklarni 8:0 hisobida dog‘da qoldirgan. "Surxon"ning Toshkentdagi yagona g‘alabasi 1994 yil qayd etilgan.

"Paxtakor" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 29 may, dushanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:16, 28.05.2023.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик