Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino Ugartening o‘rnini kafolatlamoqchi

Pochettino Ugartening o‘rnini kafolatlamoqchi

Baho:
+ | -

Tez orada "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadigan Maurisio Pochettino Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Manuel Ugarte bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, argentinalik mutaxassis urugvaylikni jamoa lageridagi o‘rnini kafolatlamoqchi.

"Chelsi" Manuelning transferi bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. "Ko‘klar" 60 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor, ammo klub hali futbolchining o‘zini to‘liq ishontira olmadi.

Ingliz klubi Ugartening agenti Xorxe Mendesh bilan aloqada bo‘lib turibdi. Yarim himoyachiga yana bir jiddiy da’vogar Fransiyaning "PSJ" klubi ham tovon pulini to‘lashga tayyor.

Kiritildi: 11:39, 29.05.2023.
O'qildi: 1606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик