Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilhom Alijonov: "Golimni ashaddiy ishqibozimizning tug‘ilgan kuniga bag‘ishladim"

Ilhom Alijonov: "Golimni ashaddiy ishqibozimizning tug‘ilgan kuniga bag‘ishladim"

Baho:
+ | -

“Turon”ga qarshi uchrashuvda "Andijon"ning birinchi goli muallifi himoyachi Ilhom Alijonov yana faollik ko‘rsatishda davom etyapti. U “Qizilqum” bilan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Alijonov vodiy derbisidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Turon”ga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. Raqibimiz hali g‘alabaga erishmagan jamoa edi. Bizga qarshi bor kuchini tashlashini bilgandik. Lekin shunga qaramay, murabbiyimiz yaxshi taktika tanladi va bizni puxta tayyorlagandi. Xudoga shukr, g‘alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishni uddaladik.

To‘g‘ri, “Qizilqum” bilan uchrashuvda gol urgandim, bu safar ham darvozani ishg‘ol qildim. Ikkala golim bir-biriga o‘xshash bo‘ldi. Buni tasodif deb o‘ylayman.

Jamoamizning ashaddiy ishqibozi bor. O‘yin kuni uni tug‘ilgan kuni edi. Agar gol ursam sizga bag‘ishlayman, deb yaxshi niyat qilgandim. Golimni o‘sha muxlisimizni tug‘ilgan kuniga bag‘ishladim. Xudo xohlasa, yana gol urishda davom etaman”, - dedi futbolchi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 16:11, 29.05.2023.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик