Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Shaxmat. Bugun Nodirbek Abdusattorov Norvegiyadagi superturnirda o‘z ishtirokini boshlaydi

Shaxmat. Bugun Nodirbek Abdusattorov Norvegiyadagi superturnirda o‘z ishtirokini boshlaydi

Baho:
+ | -

Bugun Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Norway Chess" turniri boshlanadi.

Mukofot jamg‘armasi 2 500 000 norvegiya kronasini (taxminan 225 ming AQSH dollari) tashkil etuvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.

Bugun musobaqa doirasida blis bahslari o‘tkaziladi. Unda barcha 9 ta tur o‘yinlari tashkil etiladi. Ertadan boshlab esa klassik bahslar boshlanadi.

Klassik bahslar quyidagi formatda o‘tkaziladi:

Shaxmatchilar bir davrada o‘zaro to‘qnash keladilar. Har bir sportchiga dastlab 120 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurish uchun 10 soniya vaqt qo‘shiladi. 40-yurishdan keyin oqlarga 10 daqiqa, qoralarga 7 daqiqa vaqt qo‘shib beriladi. Har bir yurishga 1 soniyadan qo‘shib boriladi.

Mukofot jamg‘armasi
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2.500.000 Norvegiyasi kronasiga teng (taxminan 225 ming AQSH dollari). Mukofot shaxmatchilar o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin: 750 000 krona ($71000)
2-o‘rin: 400 000 krona ($38000)
3-o‘rin: 250 000 krona ($237000)
4-o‘rin: 200 000 krona ($19000)
5-o‘rin: 180 000 krona ($17000)
6-o‘rin: 170 000 krona ($16000)
7-o‘rin: 160 000 krona ($15000)
8-o‘rin: 140 000 krona ($13000)
9-o‘rin: 130 000 krona ($12000)
10-o‘rin: 120 000 krona ($11000).

Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda quyidagi shaxmatchilar ishtirok etadi:

Magnus Karlsen (Norvegiya)
Alirizo Firudja (Fransiya)
Xikaru Nakamura (AQSH)
Anish Giri (Niderlandiya)
Uesli So (AQSH)
Fabiano Karuana (AQSH)
Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon)
Gukesh Dommaradju (Hindiston)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
Aryan Tari (Norvegiya).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:32, 29.05.2023.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик