Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Jerom Roten: "Galtyeda imkoniyat bor edi, lekin u imkoniyatni boy berdi"

Jerom Roten: "Galtyeda imkoniyat bor edi, lekin u imkoniyatni boy berdi"

Baho:
+ | -

"PSJ"ning sobiq futbolchisi, hozirda RMC radiosi eksperti Jerom Rotenning fikricha, Parij klubi bosh murabbiy Kristof Galtyega ikkinchi imkoniyat bermasligi kerak.

"Ha, u klubni chempionlik sari yetakladi, ammo afsuski, bugungi chempionlik "PSJ" uchun odatiy hol. Galtye murabbiy sifatida jamoaga nima olib keldi? Uning uslubi qani? "PSJ"dek tarkibga ega bo‘lsang, mustahkam poydevor qurishing kerak. Avvaliga uchta himoyachi bilan o‘ynayman, degan bo‘lsa, keyinroq yana to‘rttaga qaytdi. Gohida uchta markaziy yarim himoyachi bilan o‘ynadi, gohida to‘rt nafar futbolchini o‘rta chiziqqa qo‘ydi... U juda ko‘p tarkibni sinovdan o‘tkazdi, ammo tarkibni shunchalik uzoq sinovdan o‘tkazsangiz, bir lahzadan keyin nazoratni yo‘qotib qo‘yasiz va bu o‘yinda ko‘rinadi.

"PSJ" so‘nggi 27 o‘yinning 9 tasida mag‘lub bo‘ldi! O‘rtacha har uch raundda bitta mag‘lubiyat. "PSJ" uchun buni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Afsuski, Galtye uchun g‘alabalar hech qachon oson bo‘lmagan.

Kristof ikkinchi mavsumga loyiq ekanini aytdi. Kechirasiz, Kristof, urinishingiz muvaffaqiyatsizlikka uchradi", - deya Rotenning so‘zlarini keltiradi RMC.

Kiritildi: 23:52, 29.05.2023.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.