Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

APL. Turnir jadvali VAR'siz qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi?

APL. Turnir jadvali VAR'siz qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi dunyodagi eng raqobat kuchli musobaqalardan biridir. Uning bu mavsumdagi yakunlari kimlarnidir xursand qildi, kimlarni esa yo‘q. Shunga qaramay, ingliz futboli har galgidek bizga bir olam taassurotlarni xadya etdi. Bugun bu liganing yana bir qiziq tomoniga nazar tashlaymiz. Unda APLning VAR'siz turnir jadvaliga nazar solinadi. Garchand ayrim pozisiyalar o‘zgarsada, asosiy o‘rinlar texnologiya ta’siridan bebahra qolgan.

"Brentford" VAR bo‘lmaganida "Aston Villa"ning yettinchi o‘rinini olgan va Konferensiyalar ligasiga chiqqan bo‘lardi. Biz shunga o‘xshash, VAR bilan bog‘liq holatlarning 114 tasini o‘rganib chiqdik va asl hakam qarori qolganida qanday holat yuz berishini taxmin qildik. Shu holatlardan 54 tasida gollar bekor qilindi. Gollarning 36 tasi offsayd sabab yo‘qqa chiqqan. 13 ta gol esa qaytadan tiklangan. Shuningdek, VAR qarori bilan 27 ta penalti belgilangan bo‘lsa, 12 ta penalti bekor qilingan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, "Nyukasl"ga o‘tgan mavsumda eng ko‘p VAR tomonidan ta’sir ko‘rsatilgan. Texnologiya qarori ortidan 11 marta klub foydasiga, 11 marta klub ziyoniga qarorlar chiqqan.

Turnirda qatnashayotgan beshta hamoa – "Chelsi", "Manchester Siti", "Sautgempton", "Everton" va "Lids" VAR'dan faqat uchta holatda foyda ko‘rgan. "Fulxem"da bu ko‘rsatkich ikkitaga teng xolos. Tahlillarning umumiy manzarasi shunday xulosa beradiki, avgust va may oralig‘idagi 380 ta o‘yinda qayd etilgan natijalar asosida shakllangan turnir jadvaliga VAR arzirli ta’sir qilmaydi. Xususan, kuchli to‘rtlik VAR'siz ham shunday tartibda bo‘lardi. Aksincha, VAR bo‘lmasa, "Manchester Siti" 5 ochko farq bilan emas, balki 12 ochko bilan mavsumni yakunlardi.
"Brayton" ikki ochko ko‘proq to‘plab, "Liverpul"dan o‘zib ketgan bo‘lardi. Shunga qaramay, har ikki jamoa baribir YEL pozisiyalarida qolaverardi. "Brentford" VAR'ning qarorlari ikki ochko foyda keltirgan bo‘lsa, "Aston Villa"dan jami 11 ochko olib tashlagan.

Yuqoridagi VAR'siz jadvalga nazar solar ekansiz, yana pastroqda ham o‘zgarishlar unchalik ko‘zga tashlanmasligiga guvoh bo‘lasiz. Xususan, "Chelsi" va "Brentford" mos ravishda 11 va 12 o‘rinlarda bo‘ladi. "Nottingem"ni "Vest Xem" va "Bornmut"dan o‘zib ketib, 14 ga ko‘tarilib olganini ko‘rish mumkin. APL bilan xayrlashganlar orasida ham o‘zgarishlar mavjud emas. Ular baribir Chempionshipga yo‘l olgan bo‘lardi. Biroq, "Everton" rasmiy jadvaldagi 2 ochkolik farq bilan emas, balki 1 ochko bilan elitada jon saqlab qolgan bo‘lardi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:24, 30.05.2023.
O'qildi: 7493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.