Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ferdinand "MYU"ni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilarni aytdi

Ferdinand "MYU"ni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilarni aytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning afsonaviy himoyachisi Rio Ferdinand yozda "qizil iblislar" lagerini tark etishi kerak bo‘lgan to‘rt nafar futbolchi nomini aytdi.

"MakTominayga yangi jamoa kerak, u juda kam o‘ynadi. Xuddi shu narsa Maguayrga ham tegishli. Uni rotasiyadagi futbolchi roli qoniqtirmasa kerak.

Elangada asosiy tarkibga kirish imkoniyati yo‘q. Shuningdek, Marsyalning ham jamoani tark etish vaqti keldi, bu yigit juda beqaror", - deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Daily Mail tabloidi.

«Manchester Yunayted» joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida uchinchi o‘rinni egalladi. “Qizil iblislar” yaqin kunlarda Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:05, 31.05.2023.
O'qildi: 2989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик