Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

«Inter Mayami» Messi bilan shartnoma imzolab, uni «Barselona»ga ijaraga berishi mumkin

«Inter Mayami» Messi bilan shartnoma imzolab, uni «Barselona»ga ijaraga berishi mumkin

Baho:
+ | -

“Barselona” Lionel Messi transferi bo‘yicha “Inter Mayami” bilan birgalikda ishlamoqchi.

Argentinalik futbolchining “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Leo Parij klubi bilan shartnomani uzaytirmasligi oydinlashib bormoqda.

Hozirda Messiga Saudiya Arabistoni klubidan jiddiy taklif bor. Shuningdek, unda “Barselona”ga qaytish yoki MLS klubiga o‘tish varianti ham mavjud.

Leo va uning oilasi Saudiyaga borishdan ko‘ra Kataloniyaga qaytishni ma’qul ko‘rmoqda. Lekin Serxio Buskets va Albaning ketishi ham “Barselona”ning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan. “Ko‘k-anorranglilar” argentinalik bilan shartnoma imzolashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

L'Equipe nashrining xabariga ko‘ra, “Barselona” va “Inter Mayami” Leo transferi bo‘yicha birgalikda harakat qilmoqchi.

Unga ko‘ra, Messi Amerika klubi bilan shartnoma imzolaydi va darhol 6 yoki 18 oyga “Barselona”ga ijaraga beriladi. Bu esa futbolchiga Amerika Kubogi-2024 ga qadar formasini saqlab turishiga yordam beradi. Bunday variant 2022 yilda ham ko‘rib chiqilgandi, biroq ijobiy natija chiqmagan.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum “PSJ” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:11, 31.05.2023.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.