Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" transfer oynasi yopilishidan oldin yana 2-3 futbolchi olmoqchi

"Milan" transfer oynasi yopilishidan oldin yana 2-3 futbolchi olmoqchi

Baho:
+ | -

"Milan" transfer oynasi yopilishidan oldin tarkibni yana kuchaytirish ustida ishlamoqda. Ruben Amorim jamoasi "Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro va "Barselona" chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

"Rossoneri" bu yoz Gonsalu Ramush, Gila, Diavara va Diyego Moreyra transferlariga 150 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Shunga qaramay, Amorim tarkibda hali ham kuchaytirish zarur bo‘lgan pozisiyalar borligini aytdi.

"Barcha muammolarimizni bitta transfer oynasida hal qila olmaymiz. Buning uchun vaqt kerak", — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Xabarlarga ko‘ra, klub egasi Jerri Kardinale rahbariyat va Amorim bilan qariyb besh soatlik uchrashuv o‘tkazgan. "Milan" yana 2-3 yangi futbolchi olishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyada "Nottingem Forest" futbolchisi Omari Xatchinson bilan kelishuvga yaqinlashilgan. Tomonlar ijara va sotib olish huquqi bo‘yicha kelishgani aytilmoqda.

Himoyada esa Yorodan tashqari Balde, Gonsalu Inasiu va Rayan Ait-Nuri nomzodlar qatorida. "Barselona" Balde uchun 40-50 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Kiritildi: 19:02, 30.08.2026.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик