Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Messiga Saudiya Arabistonidan 1 milliard funt taklif qilindi, ammo uning manzili AQSHga o‘zgarishi mumkin

Messiga Saudiya Arabistonidan 1 milliard funt taklif qilindi, ammo uning manzili AQSHga o‘zgarishi mumkin

Baho:
+ | -

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Lionel Messiga Saudiya Arabistoni klubi yiliga 1 milliard funtlik shartnoma taklif qilgan. Foot Mercato'ning yozishicha, agarda Messi bu taklifni qabul qilsa, u holda arentinalik Ronaldudan ko‘ra, ikki barobar ko‘p maoshga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Messining O‘rta sharqqa tashrifi, uning Ronaldu bilan raqobatini qaytadan tiklaydi. Ya’ni, bir chempionatda bu afsonalar o‘zaro raqib bo‘lgan klublar sharafini himoya qiladi.

Yuqoridagi ehtimolga qaramasdan, Messi oldida La-ligaga qaytish varianti ham mavjud. U yana "Barselona" safida to‘p tepishi mumkin. Kataloniya klubiga bu borada Devid Bekxem klubi yordam beradi. Fransuz matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "Inter Mayami" jamoasi Messi bilan bitim tuzadi va yangi mavsum oldidan uni "Barselona"ga ijara asosida beradi. Uning ijara davri olti oydan 18 oyga qadar davom etadi va yakunda u MLSga doimiy ravishda qaytib ketadi.
Messining "PSJ"dan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan. Shu sababdan u parijliklarning chempionlik paradida ham qatnashmagan. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Messining qaytishiga qattiq ishonmoqda.

U bu haqida shunday deydi: "Muxlislarimiz jamoaning har bir o‘yinida Messi nomini aytib, kuylashmoqda. Bu menga yoqadi. Ammo Leoning qaytishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Men qaytishni 99 foizi Messiga bog‘liq deb bilaman. Futbol nuqtayi nazaridan shunday. Lekin bu yerda boshqa omillar ham bo‘ladi".
Lionel Messi o‘z sevimli jamoasida harakat qilishi uchun tekinga o‘ynashga ham rozi bo‘lishi aytilgan. Bu haqida jurnalist Ben Yakobs shunday yozadi: "Messi hech bir ikkilanishlarsiz "Barsa"da tekinga o‘ynay oladi. Hech bo‘lmasa, u moashining katta qismidan voz kechishi kerak. "Barselona"ning moliyaviy muammolari Messining qaytishini qiyinlashtiradi. Buning uchun futbolchi sotishga ham to‘g‘ri kelishi mumkin".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:02, 31.05.2023.
O'qildi: 1696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.