"Nottingem Forest" "Nyukasl"dan ijaraga olingan hujumchi Kris Vudni to‘liq sotib oladigan bo‘ldi.
"O‘rmonchilar" transfer oynasi ochilgan kuni 31 yoshli yangi zelandiyalik futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolaydi.
2022/23 yilgi mavsumda Vud “Nottingem” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Shuningdek, u “Nyukasl” safida 22 uchrashuvda 3 ta gol urdi.













