Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 4-turning asosiy bahsida durang o‘ynab, armageddonda yutqazdi

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 4-turning asosiy bahsida durang o‘ynab, armageddonda yutqazdi

Baho:
+ | -

Norvegiyada 10 nafar grossmeyster ishtirokidagi nufuzli «Norway Chess» turnirida kecha 4-tur bahslari o‘tkazildi.

Unda Nodirbek Abdusattorov ozarboyjonlik Shahriyor Mamedyarovga qarshi qora donalarda o‘ynadi. O‘yinda tengma-teng vaziyat saqlanib turdi, hech bir sportchi xatoga yo‘l qo‘ymadi. 48-yurishga kelib bitta yurish 3 marta takrorlangach, shaxmatchilar durangga imzo chekishdi.

Shundan, so‘ng, reglamentga ko‘ra, g‘olibni aniqlash maqsadida shaxmatchilar armageddon partiyada o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Unda ozarboyjonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Natijada Abdusattorov o‘z hisobiga 1 ochkoni, Mamadyarov esa 1,5 ochkoni yozib qo‘ydi.

Nodirbek turnirda 5 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi. Shahriyor hisobida 4 ochko bor (9-o‘rin). Fabiano Karuana (AQSH) 10,5 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Domaradju Gukeshga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:50, 04.06.2023.
O'qildi: 3438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик