Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Azarning ketishi bilan qancha pul tejalishini ma’lum qildi

"Real" Azarning ketishi bilan qancha pul tejalishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" hujumchi Eden Azarning ketishi evaziga katta mablag‘ni tejaydi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 32 yoshli belgiyalik futbolchi deyarli 7 million yevrodan bosh tortgan. Bu uning mavsumdagi maoshining bir qismi.

3 iyun kuni "Real" va Azar 2022/23 yilgi mavsum oxirida shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi.

Umumiy hisobda futbolchi “Real” safida 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Azar "Real" bilan birgalikda ikki marta Ispaniya chempioni (2019/20, 2021/2022), Ispaniya kubogi 2022/23 va Ispaniya Superkubogini ikki marta (2019/20, 2021/22) qo‘lga kiritgan. Belgiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsumi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 12:48, 04.06.2023.
O'qildi: 4031 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик