Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Mauntni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas

"Chelsi" Mauntni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachi Meyson Mauntni sotish bo‘yicha muzokaralarda qat’iy pozisiyani egallamoqda.

Angliyalik futbolchiga faqat 80 million yevro evaziga ketishga ruxsat beriladi. Insayder Fabrisio Romano xabar berganidek, kichikroq miqdor uchun "aristokratlar" rozi bo‘lish niyatida emas.

"Manchester Yunayted" hozirgacha Maunt uchun maksimal 55 million yevro taklif qilgan. "Qizil iblislar" bu borada asosiy da’vogar, ammo "Chelsi" Meysonning shartnomasi bir yil ichida tugashiga qaramay, roppa-rosa 80 million yevro talab qilmoqda.

Maunt o‘tgan mavsumda Premyer-ligada uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:37, 06.06.2023.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.