Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Saudiya Arabistonida futbol klublarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Mamlakatning 4 ta grand klubi “Nyukasl”ga egalik qiladigan fond qo‘liga o‘tdi

Saudiya Arabistonida futbol klublarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Mamlakatning 4 ta grand klubi “Nyukasl”ga egalik qiladigan fond qo‘liga o‘tdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida futbol klublarini xususiylashtirish loyihasi amalga kiritildi. Bu haqda mamlakat axborot agentligi xabar berdi.

Saudiya Arabistonida sportni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan Vision 2030 loyihasi doirasida mamlakat shahzodasi Muhammad ibn Salmon sport klublarini xususiylashtirish va sarmoya kiritish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.

Qayd etilishicha, loyiha hozirgi bosqichda ikki yo‘nalishdan iborat hisoblanadi. Birinchi yo‘nalish sport klublarining egalik huquqini davlatdan yirik kompaniyalarga o‘tkazish evaziga sarmoya kiritish imkonini beradi. Ikkinchi yo‘nalishga ko‘ra, 2023 yilning oxiridan boshlab bir qator sport klublarini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sport sohasiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, klublarning raqobatbardoshligi va infratuzilmasi sifatini oshirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bundan tashqari loyiha sababli mamlakatda futbolni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu Saudiya Arabistoni chempionatini dunyoning top-10 ligalari qatoriga kiritish imkonini beradi.

Saudiya Arabistoni chempionatining daromadi yiliga 450 million riyoldan (112 million yevro) 1,8 milliarddan ko‘proq riyolga (450 million yevro) oshishi, shuningdek, liga qiymati uch milliard riyoldan sakkiz milliard riyoldan ko‘proqqa ko‘tarilishi kutilmoqda.

Angliyaning “Nyukasl” klubiga egalik qiluvchi Public Investment Fund fondi o‘zining rasmiy Twitter sahifasida Saudiya Arabistonining to‘rt yetakchi klubini sotib olganini e’lon qildi. “Al-Ittihod”, “Al-Ahli”, “An-Nassr” va “Al-Hilol” klublari fond tasarrufiga o‘tdi. Ularning har birida PIF'ning ulushi 75% ni tashkil etadi.

Avvalroq “Real Madrid”ni tark etgan fransiyalik futbolchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi safiga o‘tgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Luka Modrich va Lionel Messi Saudiya jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Krishtianu Ronaldu harakat qiladigan “An-Nassr” jamoasi murabbiy Zinedin Zidanga 150 million yevrolik taklif bilan chiqqandi, biroq fransiyalik mutaxassis buni rad etgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:17, 06.06.2023.
O'qildi: 3721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.