Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saudiyaliklarning navbatdagi nishoni Ispaniyadan bo‘ladi

Saudiyaliklarning navbatdagi nishoni Ispaniyadan bo‘ladi

Baho:
+ | -

O‘z vatanida “Selta” safida to‘p tepayotgan ispaniyalik hujumchi Yago Aspas Yevropani tark etib, faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin. Goal.com xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchining transferiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillaridan biri qiziqish bildirmoqda.

Nomi oshkor etilmagan klub vakillari allaqachon tajribali to‘purarning agenti bilan dastlabki muzokaralarni olib borishgan.

Aspas 2015 yilning iyulidan beri vigoliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida hujumchi 37 ta jang o‘tkazib, 12 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 14:40, 07.06.2023.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик