"Vissel Kobe" va "Barselona" o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda klubning sobiq futbolchisi Andres Inyesta va jamoaning o‘sib borayotgan yulduzi – Gavi ishtirokida qiziqarli epizod yuzaga keldi.
Ular o‘yindan oldin bir-birlari bilan gaplashishgan va o‘yindan keyin Inyesta Gavidan futbolka so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, Inyesta shu tariqa farzandlarining istagini ro‘yobga chiqargan.
"Libosingni ber, bo‘lmasa bolalarim meni o‘ldiradi", - dedi Inyesta Gaviga.