Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Barselona» nima uchun Messini ortga qaytara olmadi?

«Barselona» nima uchun Messini ortga qaytara olmadi?

Baho:
+ | -

Lionel Messining Yevropadagi safari yakuniga yetdi (hozircha). Argentinalik futbolchi cho‘zib o‘tirishni istamadi va Devid Bekxem boshqaruvidagi «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi. Messining o‘zi esa «Barselona»ga qaytishni istagandi, ammo futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan gaplashgach, o‘g‘lining "Kamp Nou" qaytish ehtimoli juda past ekanini bildi. Natijada Leo MLS variantina tanladi.

Xo‘sh, Messining «Barsa»ga o‘tishi nima uchun amalga oshmadi?

«Barselona» Messi bilan shartnoma imzolash uchun reja ishlab chiqqandi. Unga ko‘ra, klub xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni oshirishi kerak edi. Buning uchun esa vaqt talab etilardi. Futbolchi esa kutishni istamadi yoki bu reja oxir-oqibat ish berishiga ko‘zi yetmadi.

"Barsa" tarkibda yuqori maosh oluvchi futbolchilar — Serxio Buskets va Jordi Alba bilan xayrlashib, xarajatlarni qisqartirdi. Ammo bu hali yetarli emas edi. Jamoa transferlar orqali kamida 100 million yevro ishlab topishi zarur edi. Buning uchun ba’zi o‘yinchilar — Rafinya, Ferran Torres, Ansu Fati, Frank Kessie transferga qo‘yilishi kerak edi. Shu bilan birgalikda, Messi ortga qaytishi uchun o‘yinchilarning maoshlari kamaytirilishi talab etilardi.

Lionel bularning barchasidan xabar topgach, o‘zi tufayli qolgan o‘yinchilar jabr chekishini yoki moliyaviy yo‘qotishga uchrashini istamadi.

Shu tufayli Messi oldida 2 ta asosiy yo‘l qoldi: yo Saudiya Arabistoni, yoki Amerika. Moliyaviy jihatdan "Al-Hilol" varianti juda yaxshi bo‘lsa-da, Messi oilasi uchun qulay hisoblangan "Inter Mayami"ni tanladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:20, 08.06.2023.
O'qildi: 4565 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.