Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Otabek Shukurov: " Raqobat bo‘lmasa, futbol rivojlanmaydi.."

Otabek Shukurov: " Raqobat bo‘lmasa, futbol rivojlanmaydi.."

Baho:
+ | -

«Fotih Karagyumryuk» yarimhimoyachisi Otabek Shukurov O‘zbekiston milliy jamoasining 4-kungi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi.

 U Turkiyada yakunlangan mavsum, CAFA Osiyo kubogi va JCH saralashiga tayyorgarlik vazifasini bajarishi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

— Turkiya chempionatidagi birinchi yilingiz qanday o‘tdi?  

— Turkiyadagi birinchi mavsumimni yakunladim, taassurotlarim juda ham ajoyib. Chunki Turkiyada Yevropa futboli nafas olyapti. Jamoamiz bilan kuchlilar safiga qo‘shilishga maksimal harakat qildik. 19-20 jamoa ichida mavsumni 7-o‘rinda yakunladik.  Inshaalloh, klub bilan yana 1 yillik shartnomam bor.

— Bosh murabbiy Andrea Pirloning jamoadan ketishi? 

— Juda katta o‘zgarish bo‘ldi, ko‘plar ketdi. O‘ylashimcha birinchi navbatda oilaviy jihatlar ta’sir qildi, deb o‘ylayman. Yoki Turkiyaga moslasha olmadimi yoki klub bilan o‘zaro kelishuv bo‘ldimi, bundan aniq xabarim yo‘q. Undan keyingi jarayonda ko‘rgan bo‘lsangiz, 3 o‘yinda 7 ochko to‘pladik. Bu — ijobiy xolat. 

— CAFA haqida nima deysiz? 

— Inshaalloh, FIFA kunlarida muxlislarimiz oldida bo‘layotgan turnir orqali rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rib boramiz. Asosiysi Osiyo Kubogi va jahon chempionati saralashiga munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Shuning uchun o‘ylaymanki, hozirgi vaqt — biz uchun berilayotgan imkoniyat, har bir harakat Osiyo Kubogida o‘z natijasini ko‘rsatadi deb o‘ylayman. 

— Milliy jamoa yarimhimoyasidagi kuchli raqobat haqida nima deya olasiz? 

— Milliy jamoa bo‘lganidan keyin raqobat bo‘lgani yaxshi. Raqobat bo‘lmasa, futbol rivojlanmaydi, milliy jamoa ham kuchaymaydi. Albatta, milliy jamoada raqobat qanchalik kuchaysa, shundagina uning darajasi ham kuchayadi.  

— Guruhdagi qaysi raqibni milliy jamoamiz uchun xavfliroq deb hisoblaysiz? 

— Aniq bir jamoani ayta olmayman. Bu futbol, har bir raqib jiddiy. Raqibni jiddiy deb hisoblamasak, o‘yinda ham, jamoada ham pasayish bo‘ladi. Jiddiy raqib deb qabul qilmaslikning o‘zi noprofessional harakat bo‘ladi. 

— Nisbatan qay biri?

— 1-jamoani aytaman (kuladi) chunki ilk o‘yinimiz ular bilan. 

— Demak, Ummon?

— Ha, Ummonga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Har qalay O‘zbekistonda muxlislar va ota-onamiz oldida o‘ynaymiz. 

O‘zbekiston CAFA turniridagi birinchi o‘yinini 11 iyun kuni stadionida Ummonga qarshi o‘tkazadi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 12:46, 09.06.2023.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.