Ilkay Gyundogan dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birining top yarim himoyachisi. U "Manchester Siti" bilan sardor, yetakchi, nafaqat muxlislar, balki Gvardiolaning ham sevimli maqomida beshinchi chempionlik kubogini ko‘tardi. Murabbiy nemisni yaxshi ko‘radi va uni eng yaxshi futbolchilar qatoriga qo‘yadi. Tez orada 32 yoshli futbolchi klub darajasidagi so‘nggi maqsadiga - Chempionlar ligasidagi g‘alabaga erishishi mumkin. Bungacha u ikkita finalga chiqdi, ikkalasi ham mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi urinish - bu hikoyaning mantiqy yakuni bo‘lishi mumkin. Va shundan keyingina amalga oshirilmagan maqsadlar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. U belidagi og‘ir jarohat tufayli 2014 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasidagi g‘alabani o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, u faoliyatini yakunlashi mumkin edi.
Bu 2013 yilning avgust oyida Paragvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Gyundogan, o‘sha paytga qadar allaqachon "Borussiya" yetakchisi, yaqinda Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan va qalbining tubida u 2014 yil yozini kutayotgan edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, futbolchining umurtqa pog‘onasida muammolar bor ekan. Ammo nemis shifokorlari bir fikrga kelmadilar. Kimdir konservativ davolanishni tavsiya qildi, boshqalari jarrohlik amaliyotini talab qildi. Bir necha oy o‘tdi, ammo vaziyat yomonlashdi. Futbolchining yurishi qiyinlashdi. Gyundogan bu davrni faoliyatidagi eng yomon davr deb ataydi. Bir lahzada u haqiqatan ham futbolni tugatishni o‘yladi. Ilkay operasiyaga qaror qildi. U Germaniyaga qaytib keldi va operasiya qilindi. 2014 yilning kuzida esa yana maydonga qaytdi.
Jahon chempionatini chetlab o‘tdi va shu bilan birga u keyingi yirik turnirga qaytishga va’da berdi. Ammo Yevro-2016da yangi muammo yuzaga keldi.
2016 yil may Gyundogan allaqachon “Manchester Siti” bilan transfer borasida muzokaralar olib bormoqda edi. Yevropa chempionati final qismi boshlanishiga bir yarim oy vaqt qolgan. Biroq Germaniyada mavsum hali yakuniga yetgani yo‘q. “Borussiya” hech narsa uchun kurashmayapti. 6 may kuni esa kutilmagan xabar keldi - Gyundogan jarohat oldi, shu sababli Yevro-2016ni o‘tkazib yuboradi.
Keyinchalik, tafsilotlar. Ma’lum bo‘lishicha, u “Borussiya” bilan mashg‘ulotlar oldidan bir nechta jamoadoshlari bilan basketbol o‘ynagan. Va yangi jarohatga duchor bo‘lgan.
"Tabiiyki, bu barchamiz uchun zarba bo‘ldi. Lekin Ilkayning o‘ziga hammadan qiyin. U juda yaxshi formada, dinamik o‘yin va yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega edi. Bu futbolchi o‘z qobiliyati bilan biz uchun hal qiluvchi rol o‘ynar edi. Bu katta yo‘qotish”, degan o‘sha paytdagi terma jamoa murabbiyi.
Shu bois, Gyundogan Fransiya o‘rniga Angliyaga “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolash uchun ketdi. Germaniya parallel ravishda yarim finalga chiqdi va u yerda Fransiyaga imkoniyatni boy berdi. Va u uchinchi o‘rinni egalladi. Qizig‘i, yarim himoyachida Yevropa chempionatining bronza medali bore di. 2012 yilda u turnir uchun qaydnomagaga kiritilgan, ammo bir daqiqaga ham maydonga tushmagan edi.
Keyinchalik Ilkayning oldida hali ham yirik turnirlar bor edi. Biroq, barchasi muvaffaqiyatsiz. 2018 yilgi jahon chempionatida u faqat bir marta maydonga chiqdi va Germaniya guruh bosqichidan o‘ta olmadi.
Yevro-2020da nemislar 1/8 finalga chiqdi, ammo Angliyaga mag‘lub bo‘ldi. Ilkay guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda qatnashgan, ammo pley-offda o‘ynamagan. 2022 yilgi Jahon chempionatida u yana faqat guruh bosqichi bilan cheklandi.
Gyundogan hozir 32 yoshda. U terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilmagan, shuning uchun u hali kamida bitta yirik turnirda ishtirok etadi.