Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Sportchi faoliyatidagi pedagogik ko‘nikma!

Sportchi faoliyatidagi pedagogik ko‘nikma!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Biroz oldin Toshkent viloyatidagi Chirchiq davlat pedagogika universitetida ushbu oliygoh rektori hamda sportchi talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sport sohasida xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan talabalarning erishgan natijalari sarhisob qilindi hamda ular munosib taqdirlandi.

Ushbu uchrashuvning bosh maqsadi quyidagicha edi: yurtimizda sport hamda pedagogika sohalarini parallel tarzda olib borish; yosh sportchilarni kuchli murabbiy qilib yaratish yo‘lidagi ishlar rejasini tuzish; mamlakatimiz aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarni oliygohlar kesimida ommaviy tarzda sportga jalb etish.

Dastavval so‘zga chiqqan universitet rektori Muhammedov Gofurjon Isroilovich talaba-yoshlarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutladi hamda yurtimizda sportga berilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlab o‘tdi: 

"Universitetimiz ochilganidan buyon juda qisqa muddatda katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Ushbu o‘tgan 6 yil davomida talabalarning qo‘lga kiritayotgan natijalari ancha quvonarli. Barcha fakultetlar orasida ayniqsa, sport yo‘nalishi talabalari nafaqat oliygoh, balki yurtimiz sharafini ham munosib himoya qilmoqda. Barcha ushbu yutuqlarni ko‘rganidan behad shod. Eng muhim jihatni unutmaslik kerakki, talaba sportchi sifatida faqat o‘z sog‘ligini yaxshilamaydi, u shuningdek, o‘zidan keyingi sportchilarni ham yuqori darajaga olib chiqishda ter to‘kadi. Demak, sportchi-pedagoglarni tayyorlash masalasi o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligi zarur.  Bu yo‘lda kuch va salohiyatingizni sarflaganingiz uchun universitet nomidan minnatdorchiligimni bildiraman. Shuni unutmaylikki, mamlakatni hech bir soha sportchalik dunyoga tanitmaydi. Ushbu natijalar ortida qahramonona mehnat yotibdi. Mana, AQSHda qanday yutuqlarga guvoh bo‘ldingiz. Endi Tailandga safaringiz ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga umidvormiz. Kamchiliklar ustida ishlang. Yuqorida ta’kidlaganimdek, pedagogika hamda sportni parallel olib ketsangiz, katta hurmat topasiz".

 

Shuningdek, yakuniga yetgan o‘quv yili davomida Amerika, Avstraliya, Hindiston, Fransiya, Peru, Italiya, Xitoy kabi qator davlatlarda tashkil etilgan turnirlarda ishtirok etgan talabalar taniqli sportchi, dzyudo bo‘yicha jahon chempioni hamda olimpiada sovrindori Abdulla Tangriyev bilan qiziqarli suhbatda ishtirok etdi, faxriyga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qildi. Osiyoning ko‘p karra chempioni yoshlarga faoliyati davomidagi ulkan tajribasi bilan o‘rtoqlashar ekan kerakli ko‘rsatmalarni ham berib o‘tdi:

"Barchangizni ushbu yutuqlar bilan tabriklayman, yanada bardavom bo‘lsin. Madaniyatimizni chet elda targ‘ib qilish ulkan faxr degani. Buni faqat sportchi bo‘lganlargina tushunishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida pedagogika sohasida ham yoshlarga ilm berasizlar va bu ishingizni yanada mas’uliyatli qiladi. Har bir insonda his-hayajon tuyg‘usi bor. Murabbiy o‘z shogirdini musobaqaga tayyorlash chog‘ida kuchli ruhshunosga aylanishi ham talab etiladi. Bu borada yaponlarni misol qilib keltirish mumkin. Dzyudo kurashga yaqin sport turi. Shu sababli menda hissiyotlar, hayajon borasida qiyinchilik bo‘lmagan. Ko‘p yillar davomida o‘z tajribangizni yoshlarga o‘rgatib kelsangiz, donishmandga aylanasiz, sport muhitiga kam katta ta’sir o‘tkazgan bo‘lasiz. Men ham bir vaqtlar yosh paytlarim bu kabi marosimlarda o‘zimdan kuch olganman, yanada intilishga motivasiya paydo bo‘lgan. Jahon chempioni bo‘lganimda 30 yoshda edim. Bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun ko‘p yillar mehnat ketgan. Sizlar hali juda yoshsizlar, marralar oldinda. Shu sababli bir lahza ham to‘xtab qolishga haqqingiz yo‘q. Yutuqlar tezda kelishini o‘ylamang. Bugundanoq mashg‘ulotlarni davom ettiring. Izlanishdan chachamanglar! Taklif uchun rahmat!".

Tadbir davomida shuningdek, Chirchiq shahridagi sport fahriylari, universitet sport to‘garaklari rahbarlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan vakillar hamda CHDPUning Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan sportchi talabalari so‘zga chiqdi. 

Tadbirning kulminasion nuqtasi abatta, g‘olib hamda sovrindorlarni taqdirlash jarayonida yuzaga keldi. Sportning voleybol turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazilgan U-23 O‘zbekiston chempionati musobaqasida Toshkent viloyati terma jamoasi nomidan  o‘ynagan “Pedagog” jamoasi 8 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Universitet rektori shuningdek, “Pedagog” jamoasiga 15 million so‘mlik vaucherni topshirdi. Ushbu jamoa O‘zbekiston 2-liga chempionatida havaskorlar o‘rtasida 1-o‘rin qo‘lga kiritgan; vazir kubogi viloyat bosqichida esa 2-o‘ringa ega chiqqan; "Student's Cup" turnirining viloyat bosqichida finalgacha yetib borgan; unversiada-2022 sport musobaqasining viloyat bosqichida 3-o‘rin sohibiga aylangandi. Uchrashuv so‘ngida universitet rasmiylari yana bir bor sportchilar faoliyatiga omad hamda zafarlar tiladi. 

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:11, 09.06.2023.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.