Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Agentlar uchun qaysi klub bosh «o‘lja»?

Agentlar uchun qaysi klub bosh «o‘lja»?

Baho:
+ | -

APL klublarining agent­lik xizmati uchun to‘lovi oshkor qilindi.

 Asosiy fakt shuki, bu borada yetakchilik «Chelsi» qo‘lida emas. Ishonish qiyin, lekin shunday: London jamoasi «behisob» transferlarni amalga oshirgan bo‘lsada, Angliyada agentlarga bitta klubdan kamroq pul to‘lagan.

Agentlik xizmati to‘loviga doir APLning yangi jadvalida 2022 yil 1 fevral - 2023 yil 31 yanvar oralig‘ida klublar tomonidan amalga oshirilgan transferlar ortidan vositachilarga ketgan mablag‘ inobatga olingan. Oddiy aytganda, bunda oxirgi ikki transferlar bozori (yozgi va qishki) yoxud mavsum-2022/2023ga doir raqamlar mujassamlashtirilgan. Natijalarga kelsak, agentlar uchun eng yoqimli klub - bu «Manchester Siti». Yangi-eski chempion mavsum davomida vositachilarga 51,56 million funt to‘lagan. 2-o‘rindan joy olgan «Chelsi»da ushbu ko‘rsatkich 43,16 million funtga teng. «Liverpul» esa 33,69 million funt miqdoridagi to‘lov bilan 3-qatorda.

Todd Bouli boshqaruvida aynan oxirgi ikki transferlar bozorida xaridlarga hammadan ko‘proq ajratgan (611,49 million yevro) «Chelsi»ning agentlarga to‘lov bobida yetakchi emasligi chindan ham, ajablantiradi kishini. Axir London klubi transferlar xarajati bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan «MYU» (243,28 million yevro)ni ham o‘z changida qoldirib ketdi. Yana bir tomoni, naq 41 (!) nafar futbolchi bilan shartnoma tuzish asnosida transferlarning umumiy summasi bo‘yicha 3-ko‘rsatkich qayd etgan «Nottingem Forest» agentlarga atigi 4,35 «limon» to‘lab, APLning 20ta klubi orasida oxirgi o‘ringa joylashdi.

Oddiy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, «Manchester Siti» tomonidan ikki transferlar oynasi davomida yangi futbolchilar xaridiga yo‘naltirilgan jami mablag‘dan 25 foizi agentlik xizmati uchun ketgan (transferlarga - 150,5 million, agentlarga - 51,56 million). Agentlik to‘lovi jadvalida 18-o‘rinda turgan «Brentford» (5,56 million funt) APLda chakki taassurot qoldirmaganini ham alohida ta’kidlash kerak.

APL: agentlik xizmati xarajati (mavsum-2022/2023)

1. «Manchester Siti» - 51,56 mln. funt

2. «Chelsi» - 43,16 mln. funt

3. «Liverpul» - 33,69 mln. funt

4. «MYU» - 24,72 mln. funt

5. «Arsenal» - 16,74 mln. funt

6. «Tottenxem» - 16,13 mln. funt

7. «Aston Villa» - 15,62 mln. funt

8. «Lids» - 15,31 mln. funt

9. «Everton» - 13,54 mln. funt

10. «Vest Xem» - 12,03 mln. funt

11. «Nyukasl» - 10,78 mln. funt

12. «Lester» - 10,28 mln. funt

13. «Kristall Pelas» - 9,79 mln. funt

14. «Fulxem» - 8,75 mln. funt

15. «Brayton» - 8,58 mln. funt

16. «Sautgempton» - 6,31 mln. funt

17. «Vulverxempton» - 6,18 mln. funt

18. «Brentford» - 5,56 mln. funt

19. «Bornmut» - 5,05 mln. funt

20. «Nottingem Forest» - 4,35 mln. funt

APL-2022/2023 transferlar hisobotiga kelsak, xarajat va daromad o‘rtasidagi balans bo‘yicha 20ta klubdan atigi 5tasi plyusda. Oddiy aytganda, 15ta jamoa transferlar bozorida futbolchilar xaridiga sotuv summasiga nisbatan ko‘proq pul ajratgan. Bu borada «Chelsi» eng serxarajat jamoadir, albatta. Londonliklarda transferlar balansi -543,66 million yevroga teng. «Brayton»ga qoyil qolish kerak: o‘z tarixida ilk marta yevrokuboklarga yo‘l olgan kamtarin jamoa transferlar bo‘yicha +82,17 million yevro plyus ko‘rsatkichini qayd etdi - bu APLda eng yuqori balans.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:21, 09.06.2023.
O'qildi: 4190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.