Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov so‘nggi Magnus Karlsen bilan «durang+g‘alaba» o‘ynadi va turni 9-o‘rinda yakunladi

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov so‘nggi Magnus Karlsen bilan «durang+g‘alaba» o‘ynadi va turni 9-o‘rinda yakunladi

Baho:
+ | -

Norvegiyada 10 nafar grossmeyster ishtirokidagi o‘tkazilayotgan nufuzli «Norway Chess» turniri yakuniga yetdi. Kecha sportchilar so‘nggi 9-tur bahslarini o‘tkazishdi.

Nodirbek Abdusattorov bu safar mezbon sportchi Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Asosiy o‘yinning 58-yurishiga kelib tomonlar durangga imzo chekishdi.



Armageddon deb nomlangan qo‘shimcha partiyada ham vaziyat durang edi, ammo norvegiyalik shaxmatchi vaqt tanqisligiga uchradi va mag‘lubiyatini tan oldi. Natijada hamyurtimiz so‘nggi turda o‘z hisobiga 1,5 ochkoni qo‘shib qo‘ydi.



Nodirbek Abdusattorov «Norway Chess» musobaqasini 9 ochko bilan 9-pog‘onada yakunladi. Buning uchun o‘zbek shaxmatchisi 130 000 krona ($12000) mukofot puliga ega bo‘ldi. Hamyurtimiz turnirning asosiy partiyalarida 1 g‘alaba, 5 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etdi.

AQSHlik Xikaru Nakamura oxirgi turda vatandoshi Fabiano Karuana ustidan g‘alaba qozondi va 16,5 ochko bilan turnir g‘olibiga aylandi. Karuana 16 ochko bilan kumush, Domaradju Gukesh esa 14,5 ochko bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:42, 10.06.2023.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.