Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Koman - «oltin» kafolati

Koman - «oltin» kafolati

Baho:
+ | -

Kingsli Koman tarkibda bormi, demak, milliy ligada chempionlik naqd!

Bu 12 yildan buyon tasdiqlanayotgan dalil. Umuman, fransiyalik vinger faoliyatida 28-sov­rinni qo‘lga kiritdi. 26 yoshiga qadar! Eng kuchli fakt: King­sli faoliyatida hech qachon mavsumni chempionlik unvonisiz tugatmagan, shunchaki, 1-o‘rindan past­da qolish nimaligini bilmaydi.

Komanchempionlik seriyasini «PSJ»da boshladi - 2013 va 2014 yillar Fransiya ligasida zafar quchdi. Xususan, birinchi oltin medal rasmiylashtirilgan mavsum «PSJ» tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi (ilk marta fevralda maydonga tushganida, 16 yoshu 8 oylik edi). Koman shundan so‘ng «Yuventus»ga o‘tdi va Italiyada ham ketma-ket 2 marta chempionlikka erishdi.

Mana, «Bavariya» safiga qo‘shilganidan buyon ham futbolchining boshi «oltin»dan chiqmayapti. Shu o‘rinda bitta aniqlik: Kingsli mavsum-2015/2016da ham Italiya, ham Germaniyada chempionlik maqomiga erishdi. Chunki mavsumni «A» seriyada boshlagan, keyin transferlar oynasining oxirida Bundesligaga yo‘l olgandi. Xullas, Koman bu yil qatorasiga 12-marta milliy chempionat g‘olibiga aylanib, noyob kolleksiyasiga yana bir sovrin qo‘shdi. Faoliya­ti davomidagi jamoaviy sovrinlari soni esa 28taga yetdi! Diqqat qiling, bu yigit atigi 26 yoshda. Ha, Koman «Hayot bo‘yi g‘olib» iborasining amaldagi ifodasi, shubhasiz.

So‘z

- Chindan ham, mag‘lubiyatga toqat qilolmayman. Ba’zida shunday tuyuladiki, menda mag‘lubiyatdan nafratlanish hissi hattoki, g‘alaba quvonchidan ham kuchliroq. Faqat g‘alaba. Ehtimol, davomiy g‘alabaga ko‘nikishim mumkindir, lekin mag‘lubiyatga emas. Masalan, Germaniya kubogidan chiqib ketganimizda, tun bo‘yi uxlolmadim. Agar sen mag‘lubiyatdan nafratlansang, oldingda bir yo‘l qoladi - har kuni g‘alaba qozonish. Kingsli Koman («Bavariya» yarim himoyachisi).

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:04, 10.06.2023.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.