Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Branko Ivanovich: «O‘zbekiston bizdan ko‘p jihatlarda yaxshi o‘yin namoyish etdi»

Branko Ivanovich: «O‘zbekiston bizdan ko‘p jihatlarda yaxshi o‘yin namoyish etdi»

Baho:
+ | -

O‘mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivanovich O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan CAFA Nation's Cup doirasidagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘zbekistonni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Vakillaringiz bizdan ko‘p jihatlarda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Keyingi o‘yinimiz Tojikistonga qarshi bo‘ladi. Biz o‘yindan-o‘yinga rivojlanib borishga harakat qilamiz.

Raqib bizdan kuchli bo‘lgani uchun o‘yin uslubi borasida deyarli hech narsa ko‘rsata olmadik. O‘zbekiston juda yaxshi harakat qildi.

Bizda mavsum yakunlangani sabab futbolchilar o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Sizlarda esa aksincha, mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Shu jihat ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekiston jamoa sifatida yaxshi shakllanib bormoqda. Ularning so‘nggi uchta uchrashuvini ko‘rib chiqdik. Osiyo darajasida olib qaraganda sizlarda yaxshi jamoa bor.

Bilishimcha, Eronda ham chempionati yakunlangan. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida qaysi terma kuchli ekanligini bilmayman. Ikkala jamoa ishtirokidagi bahs qizg‘in bo‘ladi.

Bugun bizning tarkibimizda eng yaxshi holatdagi futbolchilar maydonga tushdi. Tarkibga jalb qilingan barcha futbolchilarga ishonaman. O‘zbekiston bugun bizning kamchiliklarimizni topa oldi. Keyingi bahsda shu jihatlar ustida ishlaymiz", — dedi Branko Ivanovich.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 11.06.2023.
O'qildi: 2024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик