Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Belgiya chempionati: Fantastik yechim!

Belgiya chempionati: Fantastik yechim!

Baho:
+ | -

45-daqiqa: «Genk», 46-daqiqa: «Yunion», 89-daqiqa: yana «Genk» va 90+4-daqiqa: «Antverpen» - bu Belgiya chempionati yakuniy turida «oltin» uchun borgan kurash xronikasi.

Oddiy aytganda, Mark van Bommel boshqaruvidagi «Antverpen» fantastik ssenariy asosida Belgiya chempioniga aylandi! Klub 1957 yildan buyon birinchi marta chempionlikka erishganini alohida ta’kidlash kerak. «Antverpen» «pley-off» bosqichining so‘nggi turidan oldin ham turnir jadvalida peshqadam edi, lekin parallel ravishda o‘tgan ikki o‘yin davomida 1-o‘rin egasi tez-tez o‘zgarib turdi.

Yakuniy tur arafasida Yupiler liga (Pro-liga) bosh direktori kubok va oltin medallar bilan vertolyotda havoga ko‘tarilishi va voqealar rivojini kuzatib borib, chempion qayerda aniqlansa, o‘sha yerga uchishini aytgandi. Finish marrasida «Antverpen», «Yunion» va «Genk» chempionlikdan umidvor edi. E’tiborlisi, «Genk» aynan «Antverpen»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Yunion» o‘z maydonida hech narsaga da’vosi qolmagan «Bryugge» bilan o‘ynadi. Turnir jadvali (so‘nggi tur oldidan):

«Antverpen» - 46 ochko
«Yunion» - 46 ochko
«Genk» - 45 ochko
«Bryugge» - 33 ochko

Oxirgi o‘yinlarning birinchi bo‘limi yakunida «Genk» hisobni ochdi va jadvalda 3-o‘rindan 1-qatorga sakradi:

«Genk» - 48 ochko
«Yunion» - 47 ochko
«Antverpen» - 46 ochko

Tanaffusdan keyin «Yunion» darhol «Bryugge» darvozasini nishonga oldi va onlayn-jadvalda yangi yetakchiga aylandi: 

«Yunion» - 49 ochko
«Genk» - 48 ochko
«Antverpen» - 46 ochko

58-daqiqada «Antverpen» hisobni tenglashtirdi va 2-o‘ringa ko‘tarildi. 75-daqiqada esa «Genk» - «Antverpen» o‘yinida mezbonlar ikkinchi golni urishdi - 2:1. Xullas, o‘yinlarning asosiy vaqti tugashi arafasida ham «Yunion» 1-o‘rinda edi. Biroq jamoa shundan so‘ng qandaydir falokatga yuz tutdi: 89, 90}3 va 90}10-daqiqalar «Bryugge»dan 3ta gol qabul qildi. Bu vaqtda Genk­dagi uchrashuvning 90}4-daqiqasida o‘sha mashhur Tobi Alderveyreld «Antverpen»ni 3-o‘rindan 1-pog‘onaga ko‘targan «oltin gol» muallifiga aylandi: 

«Antverpen» - 47 ochko
«Genk» - 46 ochko
«Yunion» - 46 ochko

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:13, 12.06.2023.
O'qildi: 2338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.