Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» bugun Tojikiston chempionatidagi 2-o‘rinda borayotgan jamoaga qarshi maydonga tushadi

«Andijon» bugun Tojikiston chempionatidagi 2-o‘rinda borayotgan jamoaga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Tojikiston yig‘in doirasida “Andijon” bugun, 14 iyun kuni navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu safar jamoa Xo‘jandning “Esxata” klubi bilan bellashadi.

Ma’lumot uchun, ayni chog‘da ushbu jamoa Tojikiston oliy ligasida “Istiqlol”dan keyin 2-o‘rinni egallab turibdi. “Esxata” 12 ta o‘yinda 7 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati esa 17-12, jamoa hisobida 22 ochko bor.

3 iyun kuni Tojikiston oliy ligasining 13-turida “Esxata” safarda Kulobning “Ravshan” jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan holda g‘alaba qozondi. Roman Xibaba, Dilshod Karimov va Olimjon Karimov tomonidan kiritilgan gollar “Esxata”ga uch ochko keltirdi.

Shuningdek, “Esxata”da o‘zbekistonlik futbolchilar ham to‘p surishadi. Uzoq yillar davomida “Sho‘rtan” sharafini himoya qilgan Olimjon Karimov, ilgari “Bunyodkor”da o‘ynagan Sanjar Rixsiboyev bugungi kunda mazkur klub sharafini himoya qilishyapti. Qolaversa, yana bir o‘zbekistonlik o‘yinchi Shaxzod Ma’murjonov ham “Esxata”da to‘p tepmoqda. Klubda hamyurtlarimizdan tashqari yana ikki nafar legioner bo‘lib, bular – rossiyalik darvozabon Vyacheslav Shevchenko hamda himoyachi Roman Xibaba. Aynan “Ravshan” jamoasiga qarshi bellashuvda Xibaba bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Darvoqe, “Esxata” bosh murabbiyi sifatida rossiyalik Igor Surov faoliyat olib boryapti. Shu yilning 16 noyabr kuni 38 yoshini qarshilaydigan Igor Aleksandrovich “Esxata”da o‘tgan yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelyapti.

"Andijon"ning “Esxata”ga qarshi uchrashuvi mezbonlarning “Spartak” nomli stadionida bo‘lib o‘tadi.  O‘yin 18:00 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:14, 14.06.2023.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик