Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Millatlar ligasi. Xorvatiya 6 ta gol urilgan o‘yinning qo‘shimcha bo‘lamlarida Niderlandiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Millatlar ligasi. Xorvatiya 6 ta gol urilgan o‘yinning qo‘shimcha bo‘lamlarida Niderlandiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yevropa Millatlar ligasi yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi 14 iyun, chorshanba kuni Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida niderlandlar hisobni ochdi. Hujumchi Donel Malen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Jamoalar tanaffusga 1:0 hisobi bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda xorvatlar hujumkorlik namoyish etib, muvozanatni tikladi. Andrey Kramarich 55-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. 72-daqiqada Mario Pashalich Xorvatiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, o‘yin yakunlanishiga bir necha soniyalar qolganda Noa Lang hisobni tenglashtirdi. Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda xorvatlar gol urdi. 98-daqiqada Bruno Petkovich o‘z nomini tabloga yozdirdi. O‘yin so‘ngida esa Luka Modrich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa Xorvatiya terma jamoasi yarim finalda g‘alaba qozondi.

Xorvatiyaning raqibi 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya — Italiya uchrashuvida aniqlanadi.

Millatlar ligasi, yarim final bahsi
14 iyun, chorshanba
Niderlandiya – Xorvatiya 2:4
Gollar: 1:0 – 34 Malen, 1:1 – 55 Kramarich (penalti), 1:2 – 72 Pashalich, 2:2 – 90 Lang, 2:3 – 98 Petkovich, 2:4 – 116 Modrich (penalti).
Niderlandiya: Beylo, Dumfris (Lang, 85), van Deyk, Gertryuyda, Ake (Malasia, 105), Kopmeyners, de Yong, Viffer (Veynaldum, 75), Simons (Vegorst, 64), Gakpo (de Ron, 105), Malen (Bergveyn, 75).
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 79), Vida, Shutalo (Petkovich, 90), Perishich, Modrich, Kovachich (Mayer, 85), Brozovich, Pashalich, Ivanushes (Vlashich, 78), Kramarich (Erlich, 90).
Ogohlantirishlar: Kovachich (17), Pashalich (24), de Yong (38), Brozovich (63), Livakovich (90), Kopmeyners (93), Malasia (116).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:42, 15.06.2023.
O'qildi: 24220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик