Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Yozning eng hayratomuz transfer mish-mishlari

Yozning eng hayratomuz transfer mish-mishlari

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar oynasi yaqindagina ochilgan edi. Bu voqeaga ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, biz ko‘plab kutilmagan va hayratomuz transfer g‘iybatlarini eshityapmiz. Har yili shunday bo‘ladi. Biz bu holatni o‘zgartira olmaymiz. Ammo katta hayplardan o‘zimizni uzoq tutishimiz mumkin. Ular haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, Lionel Messi va Karim Benzemani allaqachon Yevropadan kuzatib qo‘ydik. Har narsa bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir paytda, biz yozning eng qaynoq mish-mishlarga yo‘g‘rilgan besh transferini tanlab oldik. Garchand ularning ko‘pi haqiqatga yaqin bo‘lmasa ham, ularni sizga taqdim etamiz.

1. Neymar "Nyukasl"ga

Bu kabi gaplar bundan bir necha yil oldin eshitgan odamda kulgi uyg‘otgan bo‘lardi. Ammo "Nyukasl"ning o‘ta boy egalar qo‘liga o‘tishi, bu klub bilan har narsa sodir bo‘lishini bildiradi. Buni YECHL misolida ham ko‘rish mumkin. Bundan ikki yil oldin "Nyukasl"ning YECHLga chiqishi imkonsiz ishdek edi. Hozir esa haqiqat!
Neymar "PSJ"da ortiq qola olmaydi. Rahbariyat undan qutulish payiga tushgan. Shu sababli uning "Nyukasl" yo‘l olishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqaldi. Bu klub 2000 yillarning avvalidagidek "Galaktikos" tuzishni maqsad qilgan. Shuning uchun ham "qarg‘alar" rahbariyatidan Neymarni olib kelinishini kutish mumkin.

2. Eden Azar "Byornli"ga

Yaqindagina "Real"ning jamoadan ketayotga yulduzi borasida yangi xabar tarqalgandi. Unda Azarning "Byornli"ga o‘tishi aytilgan. Bu klubni Vensen Kompani boshqarishini hisobga olsak, bu ma’lumot qayerdan kelgani ma’lumdir. 32 yoshli hujumchining APLga qaytishini ko‘pchilik xohlagan bo‘lardi. Ammo uni "Byornli"ga kelishi amri-mahol bo‘lgan ish.

3. Lionel Messi "Chelsi"ga

Messining "PSJ"dan ketishi aniq bo‘lganidan keyin, afsonaviy futbolchi oldida ikkita yo‘l: MLS yoki Saudiya chempionatiga borish qolgan edi. Ammo uning atrofidagi mish-mishlar oqimi hech ham tinmadi. Ayrim nashrlar "Chelsi"ning egasi Todd Byoli Messini katta pul evaziga Londonga keltirmoqchi ekani haqida yozgandi. Ammo bularning bari bor-yo‘g‘i quruq gap ekani ma’lum bo‘ldi. 35 yoshli futbolchining "Inter Mayami"ga ketishi, Messining davri yakunlanayotganidan darak beradi. Ammo biz muxlislar uni APLda ko‘rishni chindan istagan bo‘lardik.

4. Garet Beyl "Reksem"ga

Uelslik futbolchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Ammo bu hodisa mish-mishlar silsilasini to‘xtatib qo‘ymadi. "Reksem" Ben Fosterni nafaqaga chiqishiga yo‘l qo‘ymagandi. Ammo bu ish Beyl misolida ish bermadi. Negaki, shunday nomning Ikkinchi ligada o‘ynashini tasavvur qilish mushkul ish. Buni Beylning agenti Jonatan Barnet ham tan oldi: "Menimcha, Beyl uchun butsalarni ilish vaqti yetib kelgandi. U orzu qilgan hamma narsasiga erisha oldi. Beylning tanasi ortiq dosh bermasdi. Negaki, u so‘nggi yillarda jismoniy jihatdan qiynalib kelayotgandi".

5. Roberto Firmino "MYU"ga

Bu xabar haqiqiy fantastikadir. Firmino "Liverpul"dan ketish orqali o‘ziga "Manchester Yunayted"ga o‘tish imkoniyatini taqdim etdi. Ammo bu imkoniyatdan foydalanish o‘ta mushkul edi. "Enfild"da braziliyalikni mehr bilan kuzatib qo‘yishdi. Sakkiz yillik davrdan keyin klubning tarixiy dushman-jamoasiga o‘tish o‘ta yomon yo‘l hisoblanadi. Yaxshiyamki, Firmino bunday qilmoqchi emas. Uning Yevropadan ketishi hozircha ehtimolga ega yaqin taxmindir.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:58, 15.06.2023.
O'qildi: 3970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.