Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

"MYU" yangi qatarlik egalar qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

"MYU" yangi qatarlik egalar qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bu yozda barcha chiziqlar uchun hech bo‘lmaganda bittadan futbolchi xarid qilishi kerak. Bu uchun esa katta pul zarur bo‘ladi. Bir yildan ortiq muddat davomida "MYU" sotilishi haqida gap-so‘zlar mavjud. 2022 yilning noyabrida klub egasi bo‘lgan Gleyzerlar rasman o‘z mulkini sotuvga qo‘ygandi. Ayni damga kelib "qizil iblislar"ni xarid qilish uchun ikkita jiddiy da’vogar qoldi. Ulardan biri Britaniyaning eng boy biznesmeni Ser Jim Retfkliff bo‘lsa, boshqasi qatarlik sarmoyador  Shayh Yassimdir.

"MYU" afsonasi va futbol mutaxassisi Rio Ferdinand kuni kecha klubning yangi egalar qo‘liga o‘tishi muqarrar ekanini aytib o‘tdi. O‘sha ega Qatar sarmoyadori bo‘ladi. Agarda Gleyzerlar qatarliklarning 5.5 milliard funtlik taklifiga rozilik bersa, u holda Manchesterning bu klubi ham xuddi qo‘shnisi kabi katta qudratga aylanishi mumkin. Xususan, arab sarmoyadorlarining puli bilan Erik ten Xag istalgan futbolchisini jamoaga olib kelishi mumkin bo‘ladi. Jamoa allaqachon bir nechta yulduzlarni sotib olishni ko‘zlamoqda. Ular ichida "Manchester Yunayted" muxlislari orzu qiladigan nomlar ham bor. Ular orqali esa katta titullarga erishish mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatda "PSJ" vakillari Kilian Mbappe va Neymar keltiriladi. Ularning har ikkisi Fransiya poytaxtini tark etishga yaqin turibdi. Jumladan, "Real" Mbappeni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, Neymar uchun "Chelsi" va bir qancha arab klublari kurash olib boradi. Agarda "MYU" qatarliklar qo‘liga o‘tsa, u holda har ikki futbolchini sotib olish mumkin bo‘ladi. Ushbu supet juftlikdan tashqari, mankunianliklar "Portu" darvozaboni Diyegu Koshtani ham xarid qilishga harakat qiladi. U, iyun oxirida erkin agentga aylanishi kutilayotgan David De Xeaning o‘rnini egallashi mumkin. Ispaniyalik darvozabon esa 10 yildan ortiq vaqt mobaynida bir jamoa sharafini himoya qildi. Koshta xaridi "Brentford" darvozaboni David Rayyaning "Tottenxem" yo‘l olishi sababli yuz berishini alohida ta’kidlash joiz. Negaki, Rayyani "MYU" sotib olmoqchi edi.

"Old Trafford"gakelishi taxmin qilingan yana bir nom bu "Npaoli" himoyachisi Kim Min Jedir. U yangi mavsumda Lisandro Martines bilan tandemda harakat qiladi. Varan ham asosiy tarkib uchun kurashadi. Maguayr esa sotilishi kutilmoqda. Vanihoyat, yarim himoyada Kazemiro va Brunu Fernandesh "Chelsi" yulduzi Meyson Maunt bilan harakat qiladi. Agarda bu transfer amalga oshsa, albatta. Avvalroq Maunt uchun "MYU" taklif qilgan 40 million funt rad etilgan edi. Tez orada "qizil iblislar" u uchun yangi, kuchliroq taklif bilan qaytishi aytilgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:00, 16.06.2023.
O'qildi: 6465 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик