"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning agenti Rami Abbos Issa futbolchining "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan muzokara olib borayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Yo‘q, u Al-Xelayfiy bilan uchrashmagan”, deb yozdi Issa Twitter sahifasida.
Avvalroq, 31 yoshli Saloh Qatarda "PSJ" prezidenti bilan klubga o‘tish borasida muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.