Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Kilian Mbappening ehtimoliy manzili qayer bo‘ladi?

Kilian Mbappening ehtimoliy manzili qayer bo‘ladi?

Baho:
+1 | -

5. Saudiya Arabistoni Pro-ligasi

Mbappening Yevropada qolishi aniq. Ammo saudiyaliklar bir karraga bo‘lsa ham, aniqki, futbolchining mentalitetini sinovdan o‘tkazib ko‘radi. Arabiston futbol chempionatining katta to‘rtlik jamoalari Saudiya jamoat fondi tomonidan vasiylikka olinganidan keyin, pul muammoga aylanmay qoldi. Mbappega ham mamlakatning gigant jamoalari istaganicha pul beradi. Ammo hujumchining o‘zi hali kamida 10 yil Yevropada faoliyat yuritishi mumkin. Qolaversa, 24 yoshli futbolchi hali YECHL va "Oltin to‘p"ni yutishi kerak.

4. "Liverpul"

Mbappe uchun harakat faqatgina Muhammad Saloh o‘rni bo‘shasagina reallikka aylanadi. Misrlik futbolchi mersisaydliklarning omadsiz mavsumidan keyin Yevropa ligasida harakat qilishga majbur. Shu sabab Saloh klubdan ketishi ham mumkin. Agarda shunday bo‘lsa, Saloh uchun yagona variant bu "Real" bo‘ladi. Mbappe esa "Liverpul"ga kelishi amri-mahol. Negaki, uning haftasiga 1 million yevrolik maoshini to‘lash, Angliyaning istalgan klubiga og‘irlik qiladi.

3. "Manchester Siti"

"Manchester Siti" yaqindagina YECHLni yutish orqali treb qayd etgan tarixdagi ikkinchi ingliz klubiga aylangan edi. Gvardiola Xoland bilan shu natijani qayd etdi. Ammo skavdinaviyalik maxluq va Mbappeni bir jamoada tasavvur qilish o‘ta qiyin ishdir. Baxtimizga bu ko‘chish ehtimoli juda past. Negaki, amalda bu transferga moliyaviy feyr pley qoidalari aralashadi. Qolaversa, hozir "Manchester Siti" hujumchida muammolar yo‘q. Jamoa yarim himoya haqida qayg‘urishi kerak.

2. "MYU"

Balki Mbappe APLga boshqa Manchester klubi orqali kelar? Albatta, "MYU"da fransuzni jalb etish uchun pul yetarli. Ayniqsa, klub qatarliklar qo‘liga o‘tgundek bo‘lsa, yanada qudratli tarkib barpo etish mumkin bo‘ladi. Boz ustiga, klubga hujumchi zarur bo‘lib turgan bir paytda, Mbappe tanlovi juda ham mos tushadi. Ammo pozision jihatdan u Reshfordga o‘xshash, markazda emas, qanotda o‘zini yaxshi his qiladi.

1. "Real Madrid"

"Real"ning Mbappe bilan bog‘liq hikoyasi 2017 yilga borib taqaladi. O‘shanda "PSJ"  hujumchini madridliklar tumshug‘i tagidan ӯg‘irlab ketgandi. Shundan beri Florintino Peres Mbappeni sotib olishga harakat qilib kelmoqda. Ammo "PSJ" har qanday takliflarni rad etmoqda. Hatto, hozir ham Kilianga eng jiddiy da’vogar "Real" sanaladi. Bu orzu shu yozda amalga oshishi mumkin. Peresdan esa tezroq otni qamchilash talab etiladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:01, 17.06.2023.
O'qildi: 9894 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик