Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston qiyin uchrashuvda Yaponiya bilan durang o‘ynadi

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston qiyin uchrashuvda Yaponiya bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Osiyo kubogidagi o‘z ishtirokini boshladi. Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi 1-turda Yaponiyaga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdi.

O‘smirlarimiz o‘yin boshidan tashabbusni qo‘lga olib, birinchi raqam ostida o‘ynashga harakat qilishdi. Ammo yaponlarning ilk hujumiyoq gol bilan yakunlandi. Qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pni Yutaka Michivaki bosh bilan darvozamizga joylab qo‘ydi.

Keyingi daqiqalarda ham o‘yin surati deyarli o‘zgarmadi: vakillarimiz pozision hujumlar tashkil etishgan bo‘lsa, Yaponiya mustahkam himoyani tashkil qilib, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishdi. Aytish kerakki, raqib ko‘p hujum tashkil etmagan bo‘lsa-da, ularning hujumlari xavfli ko‘rinish oldi.

Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim boshida yaponiyalik forvard yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p darvozabonimiz va himoyachimizga tegib, to‘rga borib tushmadi.

Issiq havo harorati ham jamoalarga tezkor o‘yin namoyish etishga xalal berdi. Bosh murabbiyimiz ikkinchi bo‘limda amalga oshirgan o‘yinchi almashtirish o‘z samarasini berdi. Bahsning 82-daqiqasida to‘p oldinga chiziqqa yetkazilishi natijasida zaxiradan tushgan Amirbek Saidov himoyachidan qochib ketdi va 14-metrlardan zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi — 1:1.

O‘yin so‘ngida yaponlar charchab qolgani bois so‘nggi daqiqalardagi ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Ayniqsa, Saidov 90+9-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritishi mumkin edi. Ammo u yakkama-yakka vaziyatda xavfli zarba yo‘llashi uchun biroz masofa kamliq qilib qoldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatini durang bilan boshladi. Jamoamiz keyingi bahsni 20 iyun kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

U17 Osiyo kubogi. "D" guruhi, 1-tur
Yaponiya - O‘zbekiston - 1:1 (1:0)
Gollar: Yutaka Michivaki (8) — Amirbek Saidov (82)
O‘zbekiston: Sobirov, To‘lqinbekov, O‘ktamov, Laziz Mirzayev, Shukurullayev, Jumatov, Shodiboyev, Karimov, Abdulboriyev, O‘rmonjonov, Abdullayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:05, 17.06.2023.
O'qildi: 4754 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.