Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik terma jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi zaif formasiga munosabat bildirdi.
"Men tanqidchilarni tushunaman. Biroq, biz o‘z formamizga kirish jarayonidamiz. Bunday jarayonda qiyin bo‘ladigan bosqichlar bor" - dedi murabbiy Kicker nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni bo‘lajak Yevropa chempionati mezbonlari Polsha termasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgandi. So‘nggi 15 o‘yinda Flik shogirdlari atigi to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritishdi.