"Barselona" ustozi Xavi Ernandes jamoa futbolchisi Frank Kesye bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabar qilgan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, ivuarlik futbolchi sotuvga qo‘yiladi.
Shuningdek, u "Inter" vakili, 30 yoshli Marselo Brozovich bilan ham almashtirilishi mumkin. Bu haqida Sport Espana nashri xabar tarqatdi. "Barsa" yozda Kesye va Erik Garsiyadan qanday bo‘lmasin qutilmoqchi.