Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

"Arsenal"ni yangi mavsumda Angliya chempioniga aylantirishi mumkin bo‘lgan besh transfer

"Arsenal"ni yangi mavsumda Angliya chempioniga aylantirishi mumkin bo‘lgan besh transfer

Baho:
+ | -

"Arsenal" 2023-24 yilgi mavsumda ham chempionlik uchun da’vogar bo‘ladi. Buning uchun esa jamoa yozda yirik xaridlarni amalga oshirishi lozim. To‘pchilar yil davomida 248 kun turnir jadvalini boshqarib turganiga qaramay, mavsum so‘nggida "Manchester Siti"ga chempionlikni boy berib qo‘ydi. Mikel Arteta bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan. Shu sababli u yozda tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlaydi. "Arsenal" hozirga qadar bir necha nomlar uchun kurashga kirib ulgurdi. Ular ichida ikkita Yevropa chempioni ham bor. Quyida "kanonirlar"ni chempion qilishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi nomi qayd etiladi.

Deklan Rays

24 yoshli tayanch yarim himoyachisi yanvar oyidan beri Arteta nishonida bo‘lib kelmoqda. "Vest Xem" rahbari Raysni ketishini tasdiqladi. Ammo u uchun 120 million funt to‘lanishi kerak bo‘ladi. "Arsenal"ning 90 million funtlik taklifi "bolg‘achilar" tomonidan rad etilgandi. Shunga qaramay, London klubi o‘z qo‘shnisi oldiga yangi, ko‘proq pulni o‘z ichiga olgan taklif bilan qaytadi. Rays uchun "MYU" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildira boshladi. Ammo futbolchining o‘zi "Arsenal"ni ma’qul ko‘rmoqda. Uning ko‘chishi, shubhasiz, Arteta jamoasini kuchaytiradi.

Ilkay Gyundogan

O‘z jamoasi bilan uchta turnirda chempionga aylanganidan keyin, Ilkay ketishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. U iyun so‘nggida erkin agent sifatida "shaharliklar" safini tark etadi. Yarim himoyachi oldida hozir "Arsenal" va "Barselona" tanlovi turibdi. Albatta, Gyundogan qayerga borsa ham, o‘z jamoasiga kerakli narsani bera oladi. 32 yosh bo‘lishiga qaramasdan, Gyundogan nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Germaniya terma jamoasi a’zosi qaysi jamoaga o‘tsa ham, o‘sha klub foyda ko‘rishi aniq.

Kay Xavers

So‘nggi haftalarda "Arsenal"ning Xaversga bo‘lgan qiziqishi ortib ketdi. Arteta uni hujum uchun muhim qurol sifatida ko‘rmoqda. Ammo "Chelsi" germaniyalik uchun yuborilgan taklifni rad etdi. Shunga qaramay, "Arsenal" yangi haftada yangi taklif bilan qaytishi kutilmoqda. Albatta, "aristokratlar" rahbariyati Xaversni saqlab qolishga harakat qiladi. Ammo futbolchining o‘zi, Shimoliy Londonga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Joau Kanselu

Kiran Tirni tez orada "Emirates"ni tark etishi kutilmoqda. Bu esa jamoada qanot himoyachisiga ehtiyojni uyg‘otadi. Aynan mana shu faktor Kanselu xaridiga turtki bo‘lishi mumkin. Portugaliyalik himoyachi, Gyundogan kabi "Arsenal" tarkibiga katta tajriba va g‘alaba mentalitetini qo‘shgan bo‘lardi. Kanselu allaqachon uchta APL va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Shunday ekan, u "Arsenal"ni chempion qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Rasmus Xyoylunn

"Arsenal" o‘tgan mavsum oxirlarida gol urish borasida muammolarga duch kelgandi. Buni yaxshi tushungan Arteta hujumchi xaridiga yuzlanishi ham mumkin. Shubhasizki, hujumni kuchayishi, chempionlikda o‘ta zarur vosita sanaladi. Shu maqsadda, londonliklar "yangi Xoland" deya maqtalgan Rasmus Xyoylunn transferiga e’tibor qilishadi. Garchand daniyalik futbolchi o‘ta iqtidorli va yosh bo‘lsada, unga qo‘yilayotgan narx xaridorlarga og‘irlik qiladi. "Atalanta" Xyoylunn uchun 86 million funt talab qilmoqda. 20 yoshli hujumchining bunday baland naxlanishi hammani hayron qoldirdi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:47, 18.06.2023.
O'qildi: 4408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.