Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Kilian Mbappe, Xarri Keyn yoki Erling Xoland: "Real" kimni sotib olishi lozim?

Kilian Mbappe, Xarri Keyn yoki Erling Xoland: "Real" kimni sotib olishi lozim?

Baho:
+ | -

Har yozda "Real" qandaydir yangilik yaratar edi. Ammo oxirgi paytlarda buni kuzatmayapmiz. Hozir shunday paytga kelindiki, madridliklarga markaziy hujumchi o‘ta katta zaruratga aylandi. Bunga Karim Benzemaning Saudiya Arabistoniga to‘satdan jo‘nab ketishi sabab bo‘ldi. Ayni damda "qirollik klubi" oldida markaziy hujum borasida uchta yo‘l bor. Ulardan birinchisi va eng haqiqatga yaqini bu Kilian Mbappe xarididir. Mbappe yaqindagina "PSJ"dan 2024 yilda ketishini bildirgan edi.
Ikkinchisi Xarri Keyn sanaladi. Angliya terma jamoasi a’zosi "Tottenxem"dan hozir ketishi, yoki 2024 yilda erkin agentga aylanishi kerak. Shuningdek, "Manchester Siti" super-yulduzi Erling Xoland ham ehtimoliy xaridlar ichida mavjud. Ammo "Real" ulardan qay birini tanlashi kerak? Quyida shu savolga javob izladik.

Narx masalasi

Florintino Peres yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar uchun shunchaki talabgor bo‘lmaydi. Bu chuqur va uzoq o‘ylanishi kerak bo‘lgan masala hisoblanadi. Xususan, "PSJ" Mbappeni qanchalik jamoada olib qolishga harakat qilmasin, futbolchining o‘zi baribir "Real"ga talpinaversa, rahbariyatning qo‘lidan hech nima kelmaydi. Shunday ekan, nazariy jihatdan "Real"ga Mbappe transferi osonroq kechadi. Xarholda, parijliklar o‘z hujumchisini tekinga yo‘qotishni istamaydi.
Keyingi variant bo‘lgan Xarri Keyn borasida ham o‘xshash vaziyat kuzatilmoqda. Futbolchi bir yildan keyin erkin agentga aylanadi. Ammo "shporlar" uni yangi bitim tuzishiga umid qilmoqda. Biroq, tashqi tomondan qaraganda, "Tottenxem"dagilar shunday sokinki, xuddi Keynning amaldagi shartnomasi 2024 yilda emas, balki 2034 yilda tugaydi. Aslida hammasi bunchalik oson emas.
Xoland borasida hammasi aniq. Uni har qanday vaziyatda va har qanday summaga "Manchester Siti" qo‘yib yubormaydi. Uning nomini qiziq bo‘lishi uchun kiritdik xolos. Shunday ekan, Mbappe va Keyn masalasida 100 million yevro atrofidagi muzokaralarga kirilsa, bo‘laveradi.

Moslik faktori

Agarda Madrid klubi Benzemaga aynan o‘xshaydigan hujumchi istayotgan bo‘lsa, u holda Keyn varianti ayni muddao bo‘ladi. Ingliz hujumchisi haqiqiy to‘purar va ijodkor o‘yinchi. U kerak paytda ortga qaytib, tezkor sheriklari uchun maydon markazida ishlab bera oladi. Keyn uchun "Real"da Son vazifasini Vini Junior bajarib beradi.
Mbappe masalasida biroz muammo mavjud. Negaki, u Vinisius pozisiyasida harakat qilishni istaydi. "PSJ"da aynan mana shu narsa muammoga aylangan, hujumchi rahbariyatdan strayker sotib olishni so‘rab, o‘zi chapga o‘tmoqchi edi. Negaki, Mbappening har qanday jamoaga foydasi eng ko‘p qanotda tegadi.
Keyn va Mbappe o‘zlarining turli xil qobiliyatlari bilan hujumda foydali bo‘lishi mumkindir. Ammo ular Xolandchalik markazda gol urish mashinasiga aylanishi borasida shubhalar mavjud.

Yulduzlik faktori

Biz afsonaviy "Real" haqida gapiryapmiz. Shunday ekan, jamoa qiladigan har bir transferining marketing tomonlariga ham e’tibor berishga majbur. Ayniqsa, hujum masalasida. Yulduzlik borasida uchta futbolchi ichida faqat bitta g‘olib bor va u Mbappedir. 24 yoshli futbolchida maydon va undan tashqarida yetarlicha xarizma mavjud. Uning umri faqat Fransiya chempionatida o‘tayotganini hisobga olsak, Mbappening "Real"ga ko‘chishi dahshatli hodisa bo‘lgan bo‘lardi.
Xoland yulduzlik borasida unchalik ham ustasi farang emas. U "Manchester Siti"ga kelganidan beri muxlislarga biroz yaqinlashdi. Ammo norvegiyalik hali ham intervyular bergisi kelmaydi. Xarri Keynni bu borada anti-yulduz deyish mumkin. 30 yoshli futbolchi maydonda o‘z ishini bajaradi va uyiga oddiy ishchi kabi yo‘l oladi.

Xulosa

Xayron qolmasligingiz aniq va bu reallikda ham sodir bo‘ladi. Har tomonlama olib qaraganda ham, "Real" bizningcha, Mbappe uchun harakatni davom ettirishi kerak. Eng yaxshisi shu. Qolaversa, bu xarid hozirgi "Real"ning transferlar siyosati bo‘lmish, yosh futbolchilarni olib kelish usuliga ham mos keladi. Mbappening jamoaga kelishi, shubhasiz, madridliklarni 2022-23 yilgi mavsumdagidan yaxshiroq kuchga aylantiradi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:00, 20.06.2023.
O'qildi: 5791 marta.
Fikrlar: 53 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.