Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Bitta javobga 9000 «layk»

Bitta javobga 9000 «layk»

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik Fabrisio Romanoni sayyoramizdagi eng kuchli futbol insayderi sifatida ta’riflaydi.

Zero, italiyalik jurnalist «tvit» va videolavha berishda hamisha maksimal darajada aniqlikka tayanadi. Lekin ba’zida muxlislar (foydalanuvchilar) hattoki, uni ham izdan chiqarish yo‘lini topishadi.

Yevrofutbolni diqqat bilan kuzatib boruvchilar «Sporting» vakili Manuel Ugarte atrofida yuzaga kelgan «doston»dan xabardor bo‘lsalar kerak. Urugvaylik yosh tayanch yarim himoyachisiga asosan «Chelsi» va «PSJ» da’vogarlik qildi, yakunda bu «poyga» Angliya klubi foydasiga hal bo‘ladigandek ko‘rindi ham. Biroq shayxlar oxirgi pallada harakatni kuchaytirishdi va Ugarte oxir-oqibat, Parij tomon qadam tashladi. Albatta, Romano o‘z odatiga muvofiq, yozning eng yirik transferlaridan biri («PSJ» Ugarte uchun 60 million yevro to‘laydi) haqida ham tezkor ravishda ma’lumot berdi. Bu esa yosh iqtidor uchun kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan «Chelsi» muxlislariga yoqmadi, albatta. Har holda, alamzada fanatlardan biri «Tvitter» tarmog‘ida Romanoga oshkora hamla qildi: «Qaniydi, Fabrisio Yer yuzidan butunlay yo‘qolsa...».

Romano bu «tvit»ni ko‘rib, qattiq g‘azablandi, shekilli, o‘sha muxlisning o‘ziga javob yozdi: «Ehtimol, avvalo, sahifam kuzatuvchilari qatoridan chiqib ketishing kerakdir? Har holda, bu Yer yuzidan g‘oyib bo‘lishimni orzu qilishdan oldin tashlangan yaxshigina qadam bo‘ladi». Qarangki, Fabrisio bu bilan tinchlanmadi. Aksincha, Ugartening «Chelsi»ga o‘tishi haqida bergan ma’lumoti ortidan o‘sha muxlisdan qabul qilgan «tvit»ni topib, ikkinchi javob zarbasini yo‘lladi. E’tiborli tomoni, fanat o‘sha xabar uchun Romanoga minnatdorchilik bildirgan ekan. «Qiziq, 3 kuncha oldin hayotingdagi eng yaxshi kunlardan birini taqdim etganimni yozganding, endi esa Yer yuzidan butunlay yo‘qolishimni istayapsan. Balki chorshanba kuni singlingga uylanishimni so‘rab, keyin akkauntimni o‘chirib tashlarsan...». Fakt shuki, insayder ushbu ikki «tvit» vositasida jami 11 ming «layk» to‘pladi. Shundan 9 mingi birinchisiga bosildi. Aytish o‘rinli, Fabrisio Romano bunga qadar hech qachon g‘azabini bunchalik oshkora bildirmagandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 20.06.2023.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.