Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup finalida Eronga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup finalida Eronga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

CAFA Nations Cup—2023 finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 iyun, seshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limning boshidayoq hisob ochildi. Eronlik futbolchi Sardor Azmun O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov  darvozabon bilan birga-bir vaziyatda imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lsa, yana bir vaziyat Shomurodov yakkama-yakka vaziyatga chiqib  borayotganida rossiyalik hakam kechiktirilgan fol uchun o‘yinni to‘xtatib, saviyasizlik namoyish etdi.

90-daqiqada esa eronlik Muhammad Kanani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va Eron 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup—2023 musobaqasini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi. Eron esa ilk bor o‘tkazilayotgan musobaqa g‘olibiga aylandi.

3-o‘rin uchun bahsda Ummon terma jamoasi Qirg‘izistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

CAFA Nations Cup—2023, Final

20 iyun, seshanba
O‘zbekiston – Eron 0:1
Gol: 0:1 — 47 Azmun
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Hojiakbar Alijonov, 4. Farruh Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (26. Abbosbek Fayzullayev, 71), 11. Oston O‘runov, 13. Sherzod Nasrullayev (25. Hojimat Erkinov, 78), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullayev.
Eron: 1. Alirizo Beyranvand (12. Said Niyozmand, 11), 3. Exson Hoji Safiy, 6. Said Izzatullohiy, 8. Murtazo Puraliganjyi, 9. Mehdi Taremiy, 13. Muhammad Kananiy, 15. Ruzbeh Cheshmiy, 17. Mehdi Qoidiy (11. Vohid Amiriy, 46), 18. Muhammad Muhebbiy, 20. Sardor Azmun (5. Said Karimiy, 75), 23. Ramin Rezaiyan.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (39), Mehdi Taremi (42), Ramin Rezaiyan (89), Muhammad Kanani (90).
Chetlatish: Muhammad Kananiy (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:23, 20.06.2023.
O'qildi: 34925 marta.
Fikrlar: 113 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.