Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Chelsi" himoyachi Kalidu Kulibalini "Al-Hilol"ga o‘tkazish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Unga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan - futbolchi uch yillik shartnoma imzolaydi.
31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda APLning 23 o‘yinida 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.