"Yuventus" APLdan yarim himoyachi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, "Arsenal" futbolchisi Tomas Parti uchun Turin klubi qiziqa boshladi.
Gana terma jamoasi a’zosi uchun Saudiya Arabistoni klubidan ham taklif mavjud. Ular Partiga 40 million yevro taklif etmoqda. "Yuventus"ning Partiga bo‘lgan munosabati Rabyoning taqdiriga ham bog‘langan.