Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Krauch Saudiya Arabistoniga ketayotgan futbolchilarni tanqid qildi

Krauch Saudiya Arabistoniga ketayotgan futbolchilarni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Piter Krauch futbolchilarni yoshligida Saudiya Arabistonida klublarga qo‘shilishlarini tanqid qildi.

Oldinroq "Al-Hilol" "bo‘rilar"ning 26 yoshli yarim himoyachisi Ruben Neveshning 47 million yevroga transferiga rozi bo‘lgandi.

"Futbolchi nuqtai nazaridan, bu qisman tushunarli. Ammo 25 yoshli o‘yinchilarning Saudiya klublariga ko‘chib o‘tishini tushunmayapman.

Siz har doim har qanday ligadan 10 yil orqada qolasiz, biz buni avval ham ko‘rganmiz. Saudiya Arabistoni haqida faqat shuni aytishim mumkinki, bu yigitlarning maqsadi jiddiy. Ular buni LIV golf (Saudiya PIF fondi tomonidan moliyalashtirilgan golf turi - muallif) bilan qilishdi, ulardan qochib bo‘lmaydi. Balki futbolda ham shunday bo‘lar. Buni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, chunki biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi, bu sodir bo‘lmoqda.

26 yoshida Saudiya Arabistonida o‘ynash uchun ketayotgan Nevesh kabi futbolchilarga kelsak... Masalan, Ronaldu va Benzemani tushunaman - bu futbolchilar hamma narsaga erishgan. Bu ularning pul topish va faoliyatini yakunlash uchun oxirgi imkoniyati. Ular o‘yinda xohlagan narsalariga erishdilar.

Ammo 25-26 yoshli yigitlarda nimadir yutish imkoniyati bor. Bu xotiralar va meros haqida. Ular hali ham yaxshi maosh olishadi, shunday emasmi?" - dedi Krauch TalkSport bilan suhbatda.

 

Kiritildi: 20:25, 22.06.2023.
O'qildi: 4532 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.