Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Rasman: Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBA’ni Parij-2024 Olimpiadasi boks janglari tashkilotchiligidan chetlatdi

Rasman: Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBA’ni Parij-2024 Olimpiadasi boks janglari tashkilotchiligidan chetlatdi

Baho:
+ | -

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) navbatdagi sessiyasi 22 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita Xalqaro boks assosiasiyasini (IBA) 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks janglarini tashkil etish huquqidan mahrum qildi.

XOQning 2 iyundagi hisobotiga ko‘ra, IBA 2021 yilning dekabrida maqomni to‘xtatishni bekor qilish bo‘yicha qo‘yilgan shartlarni bajarmagan.

Bunga javoban IBA ham bayonot bilan chiqdi: “Bugun, 2023 yilning 22 iyun sanasida XOQ IBA’ni tan olmasdan katta xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘zining siyosiy mohiyatini oshkor etdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bundan 82 yil muqaddam, aynan shu kunda, fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqi hududida tinch aholiga hujum qilib, urushning avj olishiga va insoniyatning fojiasiga sabab bo‘lgandi. Bugungi qaror ham jahon boksi uchun halokatli bo‘lganini yashirmaymiz. Shuningdek, bu XOQning boks va sportchilar manfaatlarini ko‘zlab, ish tutayotgani haqidagi bayonotlarga zid kelishi aniq”.

2019 yilda ham XOQ IBA’ni Olimpiya o‘yinlari boks musobaqalarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilgan va o‘z nazorati ostida o‘tkazgandi. O‘shanda bunga sabab sifatida boshqaruv, moliya, hakamlik va etnik muammolar ko‘rsatilgandi.

2023 yilning aprel oyida AQSH va Buyuk Britaniya IBA a’zoligidan chiqqan hamda World Boxing federasiyasiga asos solgandi. Qayd etilishicha, ushbu yangi tashkilot yaqin kelajakda IBA’ning boksdagi o‘rnini egallashga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Umar Kremlyov 2020 yilning dekabridan buyon IBA’ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federasiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda IBA’ning qarzlari 20 million dollarni tashkil qilgan. 2021 yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to‘liq qaytarilishini e’lon qilgan. 2022 yilda Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:01, 23.06.2023.
O'qildi: 2653 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик