"Chelsi" va Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendi Saudiyaning "Al-Ahli" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Dushanba kuni 31 yoshli posbon tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Mendining klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi. "Chelsi" ikki kun oldin kelishuvga yashil chiroq yoqdi.
Mendi "Chelsi"da 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U o‘tgan mavsumda jamoa safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.