Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

O‘zi bilan raqamini ham nafaqaga olib ketganlar*

O‘zi bilan raqamini ham nafaqaga olib ketganlar*

Baho:
+ | -

2020 yilda "Birmingem Siti" Jud Bellingem sharafiga uning 22-raqamini nafaqaga chiqarganida, ko‘pchilik kulgan edi. Ammo shundan keyin ma’lum bo‘ldiki, bu ish bekorga qilinmagan. Birmingemliklar uchun 44 ta o‘yin o‘tkazib, 17 yoshli Bellingem "Borussiya Dortmund"ga sotiladi. U jamoadan ketishi bilan, futbolchi foydalangan 22-raqam ham ortiq foydalanilmaydigan bo‘ldi. Bu haqida klub rasmiy saytida shunday deyilgandi: "22-raqam bu yerda Jud ismi bilan bir ma’noga ega bo‘ldi. U 16 yoshidayoq asosiy jamoaga qo‘shilib, katta natijalarga erishdi. Shu sababli, klub Bellingemga hurmat bajo keltirish, qolaversa, boshqalarni ruhlantirish uchun uning libos raqamini nafaqaga chiqarishga qaror qildi".
Bellingemning "Real"ga o‘tish bejiz emas. Negaki, u o‘zi tarbiya topgan jamoada allqachon afsonaga aylanib ulgurgan. Quyida Bellingemdagi holat, tarixda yana kimlar bilan yuz berganini bilib olasiz.

Pele

Messigacha dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan Pele, so‘nggi davrlarini "Nyu-York Kosmos" klubida o‘tkazadi. Braziliyalik u yerda ikki mavsum davomida 107 o‘yinda qatnashib, 64 ta golga mualliflik qilgan. Pele faoliyatini tugatgach, "Kosmos" unga hurmat bajo keltirish uchun, uning 10-raqamini ham Pele bilan nafaqaga chiqaradi.

Diyego Maradona

Eng yaxshi futbolchilar qatorida e’tirof etiladigan Maradona, "Napoli" libosida yetti yil harakat qiladi. U Italiyada superyulduzga aylangan. 1984-1991 yillar davomida argentinalik o‘z jamoasiga A seriyani ikki bor olib berib, UYEFA kubogida zafar quchadi. Afsona olamdan o‘tgach, "Napoli" stadioniga uning nomi berildi. Klub esa Maradona taqqan 10-raqamni ham futbolchi sharafiga nafaqaga chiqardi.

Yoxan Kroyf

Kroyf 10 yoshidan boshlab "Ayaks" safida harakat qiladi. U bu klubda avvaliga futbolchi bo‘lib, keyin esa murabbiy sifatida faoliyat yuritdi. Hujumchi "Ayaks"ga 8 ta mamlakat chempionligi va 3 ta qit’a g‘olibligini keltiradi. Kroyfning qilgan ishlari yuqori baholanib, "Ayaks" u taqqan 14-raqamni 2007 yilda nafaqaga chiqargandi.

Paolo Maldini

Himoyachi tarixda "Milan" sharafini 25 yil davomida himoya qilgan. Maldini bu klubda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan hamma narsani yutgandi. Uning sharafiga "Milan" futbolchi bilan uning afsonaviy 3-raqamini ham 2009 yilda nafaqaga kuzatadi. "Milan" rahbariyati bu raqam keyinchalik faqatgina futbolchining o‘g‘illarigagina berilishi mumkin ekanini ma’lum qilgandi. Mana, hozir uning Daniyel ismli zurriyodi "Milan" safida.

Roberto Badjo

Badjo uzoq yillik faoliyati davomida "Fiorentina", "Yuventus", "Milan", "Bolonya" va "Breshia" klublari sharafini himoya qiladi. Ular ichida hujumchi to‘rt yil harakat qilgan "Breshia" jamoasi Badjo taqqan 10-raqamni nafaqaga chiqargandi. U bu klubda 2000-2004 yillarda 95 ta o‘yin o‘tkazib, 45 ta golga mualliflik qiladi.

Xavyer Zanetti

Zanettining 19 yillik umri "Inter"da o‘tgan. Bu vaqt mobaynida himoyachi hamma narsaga erisha olgan desak, xato bo‘lmaydi. Argentinalik afsona klubga jami 858 ta o‘yinda yordam beradi. 2014 yilda himoyachi nafaqaga chiqadi. Uning 4-raqami ham shu bilan "Inter"da qayta foydalanilmaydigan bo‘ldi.

Jorj Vea

Bu ro‘yxatdagi yagona terma jamoa vakili Veadir. Uning Liberiya terma jamoasidagi 14-raqami 2018 yilda hujumchi sharafiga nafaqaga chiqarilgandi. U Liberiya termasi tarkibida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan.

Bobbi Mur

Barcha davrlarning eng yaxshi ingliz futbolchisi sifatida, aynan Mur e’tirof etilgan. Himoyachi Pele maqomidagi futbolchi edi. Uning Angliya va "Vest Xem" safidagi faoliyati afsonaga aylangan. London klubi Murning oltinchi raqamini buyuk himoyachi sharafiga olib qo‘ygan. Ammo bu ish "Vest Xem" tomonidan 2008 yilda, Bobni Murning o‘limidan 15 yil o‘tkach, amalga oshirildi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com

*футболда айрим клублар футболчиси шарафига у фойдаланган либос рақамидан қайта фойдаланмайди. Бу рақамни "нафақага чиқариш" деб номланади.

Kiritildi: 18:32, 23.06.2023.
O'qildi: 5457 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.