Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Brozovichni ham Saudiyaga o‘tishga ko‘ndirishdi

Brozovichni ham Saudiyaga o‘tishga ko‘ndirishdi

Baho:
+ | -

Agentlar "Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovichni Saudiya Arabistoniga o‘tishga ko‘ndirishdi.

Football Italia xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga "An-Nasr" qiziqish bildirmoqda. Agentlar futbolchini Ar-Riyod klubiga o‘tishi uchun bosim o‘tkazishdi. Saudiya klubi xorvatga yuqori maosh va yirik shartnoma imzolash uchun bonus, uning agentlariga esa yuqori komissiya taklif qilishga tayyor.

Qayd etilishicha, Brozovichning o‘zi "Barselona"ga o‘tishga intilmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi uni yarim himoyaning asosiy o‘yinchisiga aylantirmoqchi.

Brozovich “Inter” safida 2015 yilning yanvaridan buyon to‘p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:46, 24.06.2023.
O'qildi: 2176 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик