"Sassuolo" yarim himoyachisi Maksim Lopes "Napoli"ga o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchini neapolliklarning yangi bosh murabbiyi Rudi Garsiya nishonga olgan. U futbolchi bilan "Marsel"da ishlagan.
Lopes "Sassuolo"da 2021 yildan beri to‘p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 15 million yevroga baholamoqda.