Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Saudiyada musulmon bo‘lmaganlar uchun yopiq bo‘lgan shahar klubi bor. Ronaldu qanday qilib bemalol harakatlanmoqda?

Saudiyada musulmon bo‘lmaganlar uchun yopiq bo‘lgan shahar klubi bor. Ronaldu qanday qilib bemalol harakatlanmoqda?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni yulduz-faxriylar uchun futbol Makkasiga aylanmoqda, ammo mahalliy chempionatda haqiqiy Makkadan e’tiborga molik klub bor – "Al-Vahda". Xabaringiz bor, 9 fevral kuni "An-Nasr" ushbu jamoa mehmoni bo‘lgan va Ronalduning pokeri evaziga yirik g‘alabaga erishgan.

"Al-Vahda" Makkadagi jamoa. Ammo musulmon bo‘lmaganlarning shaharga kirishlari taqiqlangan. Biroq Ronaldu Makkada qanday o‘ynadi? O‘zi umuman, "Al-Vahda"dagi chet elliklar haqida nima deyish mumkin? Klub faqat musulmonlar bilan shartnoma imzolaydimi? Ma’lum qilinishicha, Makkaga olib boruvchi trassada “faqat musulmonlar uchun” degan yozuv yo‘qolgan, biroq polisiya boshqa din vakillarining bu yerga kirishini to‘xtatib kelmoqda. Saudiya Arabistoni rasmiylari hozircha bu haqda hech qanday bayonot bermagan va shaharni musulmon bo‘lmaganlar uchun rasman ochmagan. Xo‘sh, Makkaga kirish jarayoni yaqin vaqtgacha qanday bo‘lgan?

Makka shu qadar yopiqki, hatto uning ustidan samolyotlar uchmaydi. Agar musulmon bo‘lmagan kishi shaharga tashrif buyursa nima bo‘ladi?

Saudiya Arabistonida ikkita musulmon muqaddas shaharlari Makka va Madina bor. Madinaga Payg‘ambar masjididan tashqari boshqa din vakillariga ruxsat berilgan.

Ammo Makka butunlay yopiq: shaharga boradigan yo‘lda uzoq yillar davomida ogohlantiruvchi belgilar va nazorat punktlari mavjud edi. Makkaga kirayotgan xorijlikdan kerakli hujjatlar (viza, islom dinini qabul qilganligi to‘g‘risidagi masjiddan ma’lumotnoma) so‘raydilar yoki diniy mavzu bo‘yicha savollar bilan yuzlanishadi. Noqonuniy kirishlar aniqlansa, jarima va mamlakatdan chiqarib yuborish bilan tahdid qilinadi. Hamma narsa shunchalik qattiq nazoratga olinganki, hatto Makka ustidan samolyotda uchish ham taqiqlangan. Bularning barchasi muqaddas shaharni yomon niyatli sayyohlardan himoya qilish, bu joy ma’naviyatini daxlsiz saqlashga urinish bilan izohlanadi. Islomning asosiy ziyoratgohi Ka’ba. “Nopoklik” deganda, albatta, faqat gigiyena emas, balki diniy ta’limotdagi farqlar ham tushuniladi.

“Al-Vahda” futbolchilari qo‘shni Jiddada istiqomat qilishadi – ular stadiongacha 100 km masofani bosib o‘tishadi. "Al-Vahda" zamonaviy Saudiya Arabistoni asoschisi va birinchi qiroli nomidagi (1932 yildan 1953 yilgacha hukmronlik qilgan) "Abdulaziz" stadionida o‘ynaydi. Stadion 1986 yilda ochilgan va 38 000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. “Al-Vahda”da legionerlarga nisbatan maxsus taqiqlar yo‘q: jamoada ispanlar, fransuzlar, braziliyaliklar o‘ynaydi, unga chililik Xose Luis Syerra ustozlik qiladi.

Stadion Makka chekkasida joylashgani uchun musulmon bo‘lmagan futbolchilar va murabbiylarga uy uchrashuvlarida qatnashishga ruxsat berilgan. Arena "al-Haram" masjididan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

"Al-Vahda" futbolchilari Benzema va Kante ko‘chib o‘tayotgan qo‘shni shahar, 4 millionlik port shahri Jiddada istiqomat qilishadi va mashg‘ulotlar olib borishadi. Makkaga mashinada taxminan bir soat (83 km), stadionga esa yana 20 daqiqa ketadi.

Butun yo‘l tog‘lar bilan o‘ralgan

"Hatto mashg‘ulot uchun ham mashinamda uzoq yo‘l yurishim kerak edi", – nemis murabbiyi Teo Byukkerga “Al-Vahda”ning deyarli barcha sharoitlari yoqdi, logistikadan tashqari – u har kuni uydan ish va yana orqaga qaytish uchun 200 kilometr yo‘l bosib o‘tishdan charchagan. Byukker agar bu muammo hal qilinganida klubda qolishi mumkinligini tan oldi. Ammo u odatiy xorijliklar qatorida emasdi: u Saudiya Arabistonida 70-yillarning oxirida o‘ynagan, 80-yillarning o‘rtalaridan beri Yaqin Sharqda yashagan va mintaqaning deyarli barcha mamlakatlarida mashg‘ulot o‘tkazgan, shuningdek, livanlik ayolga uylangan.

Nemis murabbiyi bot-bot ta’kidlagan muammolar tez orada yanada osonlashadi: Jiddadan Makkaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 72 kilometrlik avtomagistral qurilishi yakunlanmoqda, bu sayohat vaqtini deyarli ikki barobarga qisqartiradi — shaharlar o‘rtasida 35 daqiqada parvoz qilish mumkin bo‘ladi. Ushbu marshrut Saudiya Arabistonining 2030 yilga mo‘ljallangan "Vision" dasturining bir qismi bo‘lib, mamlakatning neftga qaramligini kamaytirish va iqtisodiyotini diversifikasiya qilish bo‘yicha ulkan rejadir. Yo‘l muammosiga yechim nihoyatda muhim, chunki ko‘pchilik musulmon ziyoratchilar birinchi bo‘lib Jiddaga kelishadi – Makkada esa aeroport yo‘q.

La Ligada tajriba orttirgan va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan kosta-rikalik himoyachi Oskar Duarte "Al Vahda"ning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘nikib qolgan: "Men bir yil oldin bu yerga kelganman, oilam bilan Jiddada yashayman va bundan juda mamnunman. Bu boshqa madaniyat, lekin odamlar sizga juda ham o‘z o‘rnida hurmat ko‘rsatishadi va mamlakat juda xavfsiz. Moslashuv kutilganidan tezroq o‘tdi. Eng qiyini - jadvallarga ko‘nikish, chunki issiqlik tufayli biz bu yerda deyarli tunda mashg‘ulot o‘tkazamiz. Bo‘lmasa, infratuzilma yaxshi, stadionlar to‘lib-toshyapti, garchi klublarda hali biroz professionallik yetishmayotgan bo‘lsa ham. Ammo bu vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi", – dedi futbolchi.

E’tiborli tomoni, "Al-Vahda" Saudiya Arabistoni chempionatida yuqori maqomdan ancha uzoqda. Klub 1945 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 50-60-yillarda uchta kubokni qo‘lga kiritgan va bir necha bor finalga chiqqan, ammo keyin uzoq vaqt ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan va tez-tez birinchi va ikkinchi divizionlar o‘rtasida almashib harakat qilgan. Oxirgi marta "Al-Vahda" o‘tgan yili elitaga ko‘tarilgandi: o‘tgan mavsumda ular kutilmaganda kubok finaliga chiqishgan, ammo chempionatda jon saqlab qolish uchun kurash olib borishgan - 16 o‘rindan 13-o‘ringa chiqishgan. "Al-Vahda" arabchada “birlik” degan ma’noni anglatadi. Bu nomdagi klublar butun mintaqada - BAA, Bahrayn, Ummondan, Yaman, Suriya va Livanda mavjud.

Kiritildi: 15:41, 25.06.2023.
O'qildi: 8284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.